O’zbekiston Milliy universiteti OTM talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 2-o’rinni egallab, Prezident sovg’asi — 1,5 mlrd so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Intellektual olimpiadaning umumjamoa hisobidagi g‘oliblari bilan tanishing:
1-o‘rin: University of science and technology;
2-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti;
3-o‘rin: Namangan davlat universiteti.
G‘olib bo‘lgan oliy ta’lim muassasalari quyidagi miqdordagi Prezident sovg‘asi bilan taqdirlandi:
1-o‘rin: 2 milliard so‘m;
2-o‘rin: 1,5 milliard so‘m;
3-o‘rin: 1 milliard so‘m.
G‘oliblarga Prezident sovg‘asini Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva topshirdi.
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-19_11-43-15-1024x576.jpg)
![](https://nuu.uz/wp-content/uploads/2024/02/photo_2024-02-19_11-43-19-1024x766.jpg)