Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU professor-o‘qituvchilari Qozoqistonning Qarag‘anda universitetida

Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi hamda Tabiiy geografiya kafedrasi dotsentlari A.A.Ibraimova va M.M.Avezovlar bir guruh talabalarimiz bilan birgalikda akademik mobillik doirasida Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrida bo‘lib turishibdi.

Dastlab vakillarimiz akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti Biologiya-geografiya fakulteti jamoasi bilan uchrashishdi. Fakultet dekani A.G.Jumina, Geografiya kafedrasi mudiri A.I.Amanjolova, shuningdek fakultet va kafedra jamoasi bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Fakultet va kafedra tarixi, faoliyati bilan tanishildi. Geografiya kafedrasi talaba va magistrlariga ma’ruza o‘qishdi. Talabalarimiz kafedra professori G.N.Chistyakova darslarida qatnashishdi.

So‘ngra universitet rektori v.b., strategik rivojlantirish bo‘yicha prorektor E.J.Sarmurzin qabulida bo‘lib, suhbatlashildi. Muloqot davomida prorektor ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar haqida gapirib o‘tdi, shuningdek universitetlarimiz o‘rtasida o‘quv, uslubiy, ilmiy sohalar, akademik mobillik va qo‘shma ta’lim bo‘yicha o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishning ahamiyati va imkoniyatlari muhokama qilindi.

Safarning ilk kunida universitet bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi, fakultetda faoliyat ko‘rsatayotgan innovatsion kutubxona, universitet va arxeologiya muzeylari faoliyati bilan tanishildi.

E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universiteti TOP-1000 talik, shuningdek Qozog‘iston milliy akkreditatsiya agentligi baholashiga ko‘ra, milliy ta’lim yetakchilarining kuchli beshtaligiga kiradi. Qozog‘iston Respublikasi Hukumatining 2024-yil 5-apreldagi qarori bilan akademik E.A.Buketov nomidagi Qarag‘anda universitetiga tadqiqot universiteti maqomi berilgan.

O‘zMU Axborot xizmati