Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ulligida tashkil etilgan “Eng yaxshi talabalar turar joylariga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazi” respublika tanlovi g‘oliblari aniqlandi.
Tashkiliy ishchi guruh yig‘ilishining 2024-yil 8-oktyabrdagi 83-sonli bayoniga ko‘ra, O’zbekiston Milliy universiteti tanlov g‘olibi (1-o’rin) deb topilib, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 30 mln so’m pul mukofotini qo’lga kiritdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasini, xususan, talaba-yoshlarni turar joy bilan ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgan barcha universitet mas’ullarini ushbu natija bilan tabriklaymiz!
Ma’lumot o‘rnida, tanlov natijalariga ko‘ra, 2-o‘rin Termiz davlat universitetiga, 3-o‘rin esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga nasib qildi.