O‘zMU Tarix fakulteti va Buyuk Britaniyaning Sasseks universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti huzuridagi “Amaliy etnologiya laboratoriyasi” Buyuk Britaniyaning nufuzli Sasseks universiteti Antropologiya kafedrasi hamda Osiyo tadqiqotlari markazi direktori, professor Magnus Marsden bilan ilmiy-amaliy hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro grantlar va ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida O‘zMU “Amaliy etnologiya laboratoriyasi” hamda Sasseks Osiyo tadqiqotlari markazi o‘rtasida kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab beruvchi rasmiy hamkorlik memorandumi tuzildi. Bu esa universitetimiz olimlari uchun yangi xalqaro ilmiy imkoniyatlarni ochib beradi.