Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zMU yoshlari o‘rtasida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

Bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 6-aprel kuni O’zbekiston Milliy universitetida yoshlar o‘rtasida diniy bag‘ri kenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, hamda Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, Toshkent shahar Ichki ishlar organi masʼullari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasi vakillari, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘mitasi vakillari, Xalqaro Islom Akadyemiyasi olimlari bilan barcha fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va 500 dan ziyod talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo‘lgan, milliy mentalitetimizga yot zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalashga, dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan, din niqobi ostida faoliyat olib borayotgan turli diniy ekstremistik tashkilotlarning yoshlarni aldov yo‘li bilan o‘z saflariga qo‘shib olayotganidan, talaba-yoshlarni bunday guruhlar tahdididan doimo ogoh va xushyor bo‘lishi kabilar to‘g‘risida fikr va mulohazalarni bildirdi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari, huquqiy, madaniy, savodxonlik, radikalzm, ekstremizm, terrorizmga qarshi kurash hamda yoshlarga oid davlat siyosati masalalari bo’yicha tushuntirildi.
Tadbir so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va yoshlar o‘rtasida bu kabi uchrashuvlarni tez-tez tashkil etishga kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati