Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Subyektivchilar O'zMUda

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida Jamshidxon Ziyoxonov boshchiligidagi “Subyektiv” jamoasi ishtirokida jurnalistika fakulteti talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.

«Audiovizual va internet jurnalistika» kafedrasining “Media focus” loyihasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda jurnalistika fakulteti rahbariyati, dekan o‘rinbosarlari Ravshan Omonov, Zamira Abdullayeva, fakultet dotsenti Yusuf Hamdamov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda “Subyektiv” muallifi Jamshidxon Ziyoxonov loyihaning boshlanish tarixi, media sohasidagi reformalar, bugungi media bozorning real ehtiyojlari va sohaning kelajagi haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.