Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Qirg‘iz-O‘zbek Xalqaro universiteti talabalari O’zMUda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Batirali Sidikov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek Xalqaro universiteti (QO’XU) o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida QO‘XUning bir guruh talabalari joriy yilning 20-noyabrdan 10-dekabrgacha O‘zbekiston Milliy universitetining turli fakultetlarida akademik mobillik dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tashdi.
Amaliyot davomida QO‘XU talabalari universitetning tarixi, o‘quv jarayoni va fakultetlarning professor-o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishdilar. Bo‘sh vaqtlarida, ular uchun Toshkent shahrining tarixiy va madaniy obidalariga ekskursiyalar uyushtirildi, qardosh xalqning tarixi, madaniyati, an’analari va san’ati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, amaliyot yakunida xorijiy talabalarning badiiy chiqishlari ham namoyish etildi hamda ushbu amaliyotni muvaffaqiyatli o‘tganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

O’zMU Axborot xizmati