Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Rektor ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar oldi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov Olmazor tumanida joylashgan “Universitet” hamda “Mirzo Gʻolib” mahallalarida istiqomat qiladigan talabalarning ijara xonadonlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan muloqot qildi.

Jumladan, Kimyo fakultetining 70 nafardan ortiq talabalari ijarada turuvchi “Forobiy” ko‘chasida joylashgan “Prospect hostel” turar joyiga tashrif buyurilib, sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Universitet” va “Mirzo Gʻolib” mahallalaridagi ijara xonadonlarida yashovchi Tarix hamda Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari holidan xabar olindi.

Universitet rektori I.Madjidov boshchiligidagi tashrif davomida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muhammadiyev, fakultet dekanlari Shahnoza Qodirova, Alisher Mo‘minov va Vladimir Rahimov, shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimi mas’ullari tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlash, gaz jihozlari, isitish qurilmalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha talabalarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Xonadon egasi bilan muloqot qilindi, talabalarning yashash sharoiti o‘rganildi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Rektor talabalar bilan suhbat qildi, ularning qiziqishlari, muammolari, taklif va mulohazalarini tingladi. Shuningdek, ularga ilmiy-ommabop, badiiy-didaktik turdagi kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi. Universitet rahbari yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

O‘zMU Axborot xizmati