Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

«Rektor kubogi» musobaqasi g'oliblari aniqlandi

Joriy yilning 22-26-noyabr kunlari O'zbekiston Milliy universitetida o'gil bolalar o'rtasida sportning mini futbol, talaba-qizlar o'rtasida sportning volleybol turi bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi o’tkazildi.
Sport musobaqasini o'tkazishdan maqsad talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi va sportni keng targ'ib qilishdan iborat.
Musobaqa yakuniga ko'ra mini futbol bo'yicha:
1-o'rin - Taekvondo va sport faoliyati fakulteti;
2-o'rin - Geologiya va geoinfarmatsion tizimlar fakulteti;
3-o'rin - Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar.
Volleybol turi bo'yicha:
1-o'rin - Geologiya va geoinfarmatsion tizmlar fakulteti;
2-o'rin - Iqtisodiyot fakulteti;
3- o'rin -Taekvondo va sport faoliyati fakulteti.
G'olib jamoalarga esdalik sovg`alar, diplom hamda bosh sovrin Rektor kubogi topshirildi.

O’zMU Axborot xizmati