Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

АKАDEMIK SА’DI HАSАNOVICH SIROJIDDINOV — DUNYO EЪTIROF ETGАN АTOQLI OLIM, ILM FАN FIDOIYSI

2020 yil 21 dekabr kuni O‘zMU Uslubiy ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat kilish bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori professori Musur­manov Ravshan Kurbanmuratovich, Matematika fakulteti dekani Zikirov Obidjon Salijanovich, Sa’di Hasanovichning shogirdlaridan biri Fizika matematika fan­lari doktori, professor, Mahamad O‘ktamovich G‘ofurov hamda Geometriya va topologiya kafedrasi mudiri professor Beshimov Ro‘zinazar Bebutovichlar Sa’di Hasanovich Sirojiddinovning 100 yilligini keng nishonlash maqsadida O‘zMU qoshidagi Sa’di Hasanovich Sirojiddinov nomidagi akademik litseyga tashrif buyurishdi.

Yoshlarimizni tarbiyalashimizda, ularni kamolga yetkazishimizda jahon tarixini boyitgan, milliy iftixorimiz manbasiga aylangan ajdodlarimiz merosi muhim o‘rin tutadi. Ammo ko‘p ming yillik tarixmiz, buyuk vatandoshlarimizning merosi bugun va ertangi kunimiz uchun naqadar muhim bo‘lsa, bizning davrimizda, biz bilan birga yashagan, vatanimizning kelajagi, xalqimizning baxt-saodati uchun mehnat qilgan, uning fidoyi farzandi sifatida tanilgan va bizning ko‘z o‘ngimizda tarixga kirgan siymolar, ustozlar xotirasidan ham shu qadar ruhiy oziqa olishimiz zarur deb o‘ylayman. Ustozimiz, atoqli olim, davlat va jamoat arbobi akademik Sa’di Hasanovich Sirojiddinov ana shunday ulkan siymolardan biri edi.

Akademik litsey o‘zbek matematikasining fidoyisi va jonkuyari, buyuk olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Sa’di Hasanovich Sirojiddinov tashabbusi bilan 1970 yil 25 sentabrda tashkil qilingan. 1990 yil 24 yanvarda bu dargohga akademikSa’di Hasanovich Sirojiddinov nomi berildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Sa’di Hasanovich Sirojiddinovni bor bilimi, kuchi va imkoniyatini O‘zbekistonda matematika fanining rivojlanishini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarishga bag‘ishlagan inson ekanligini qayd etib o‘tdilar. Sa’di Hasanovich o‘z sohasida yirik olim bo‘lishidan tashqari, mohir pedagog va yoshlardagi intellektual salohiyatni to‘g‘ri aniqlaydigan murabbiy ham edi. S.H.Siro­jid­dinov yuqori malakali mutaxassislar yetishtirish bilan cheklanmay, bu ish maktabdan boshlanishi zarurligini o‘qtirar edilar. 1962 yilda uning rahbarligida respublikada birinchi marta o‘quvchilarning matematika olimpiadasi o‘tkazildi va uni har yili o‘tkazish an’anaga aylandi, deydi Sa’di Hasanovichning shogirdi professor Mahamad O‘ktamovich G‘ofurov.

Matematika fakulteti dekani Obidjon Zikirov 1970 yilda ustoz O‘zbekis­tondagi iqtidorli yoshlar uchun fizika va matematika chuqur o‘rgatiladigan maktab-internatni, mazkur litseyni tashkil etganliklarini ta’kidlab, O‘zMU rektori Avazjon Maraximovning akademik litseyi uchun maxsus sovg‘asi S.H.Sirojid­dinovning qo‘lda chizilgan portretni akademik litsey direktoriga tantanali topshirdilar. Akademik litseyda o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanda ta’lim berish uchun umumta’lim maktablarining eng qobi­liyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning o‘zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo‘lgan orzu-intilishlariga erishmog‘i uchun Mate­matika fakulteti professor–o‘qituvchilarini dars mashg‘ulotlari va fan to‘garaklariga jalb etish taklifini berdi.