Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Muhtaram ustozlar! Aziz hamkasblar!

Sizlarni va ta’lim sohasida mehnat qilayotgan barcha pedagog xodimlarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sir emaski, bugungi pandemiya sharoitida Siz bilan asosan vtrtual yuz ko‘rishib turishimiz ham bu kutilmagan balo-katta sinovning nechog‘lik inson hayotiga solayotgan xavfni jiddiyligini ko‘rsatib turibdi. Men fursatdan foydalanib, yana bir bor barchangizni qutlug‘ sana bilan tabriklab, bugun safimizda yo‘q, bizni jisman tark etgan ustozlarimiz xotirasini yod etaman. Ularning zahmatli mehnatlari, dunyo va o‘zbek ilm-faniga qo‘shgan hissalari asrlar osha nomlarini abadiylashtirib turadi. Hayoti davomida bu mashaqqatli va sharafli kasb yukini yelkasida ko‘targan USTOZlarimizga ta’zim qilamiz.

Hayot shakli-shamoyili pandemiya sabab butunlay o‘zgardi. Yashashimiz, turmush tarzimiz, hayotga bo‘lgan qarashimizu ta’lim berishimizgacha. Ta’bir joiz bo‘lsa, ayta olamanki, bu pandemiyada eng katta sinov insoniyatning ertasini belgilovchi ta’limga katta yuk tashladi. Qisqa muddatlar ichida ta’lim yangi formatga o‘tishini vaziyat taqozo etdi. Mana shu jarayonda professor-o‘qituvchilar butun kuchlarini jarayonga jalb etishdi. Onlayn rejimda O‘zbekiston yoshlari uzluksiz o‘quv jarayonini davom ettirmoqda. Millat farzandlarining taqdiri va kelajagi uchun befarq bo‘lmagan Sizdek kamtar va fidoiy ustozlardan minnatdormiz.

Ulug‘ ustozimiz Abdulla Avloniyta’kidlaganlaridek, bugun tarbiya hayot-mamot masalasiga aylanib turgan va farzandlarimiz , ta’bir joiz bo‘lsa aytish mumkinki, ham real va ham vertual olamda yashayotgan bir paytda ularni tarbiyalash va ta’lim berish masalasida Siz-ustozlarning mehnatlaringiz beqiyos.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev:-“ Chindan ham, dunyo miqyosida raqobat yanada kuchayib boradigan, o‘ta murakkab bir davrda yashaydigan bolalarimizni kelajakka tayyorlab, sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim-tarbiya sohasi, o‘qituvchi mehnatining tub mohiyatini tashkil etadi.

Ana shu o‘tkir haqiqatni hisobga olib, biz ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlarni davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tardik,”-deya bejiz ta’kidlamaganlar.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi uch yil burungi 9 foizdan 20 foizga oshdi. Biz yaqin kelajakda bu ko‘rsatkichni 50 va undan ortiq foizbo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli O‘zbekiston yoshlari turli sohalarda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, Vatanimiz shuhratini butun dunyoga tarannum etmoqda.

Shu yaqin kunlardagi talabalarimizning yutuqlari, ularning nufuzli olimpiadalarda g‘olib bo‘lishlari, nomdor stipendiyalarni qo‘lga kiritishlari zamirida ham Sizlarning mehnatlaringiz yotibdi. Keyingi uch yilda universitetimizda 6 ta xorijiy OTMlar bilan qo‘shma dasturlar asrsida o‘qitish va 4 ta yangi fakultet tashkil etildi. Ilmiy laboratoriyalar, institutlarning faoliyati ham universitet olimlarinig salohiyatidan darak beradi. 30 ortiq akademiklarimizning yaratgan maktablari nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

Ha, bugun universitetimizda yoshlarimizning bilim egallashlari uchun barcha sharoitlar yetarli. Biz bu jarayonni yana ham takomillashtirib boramiz. bundan maqsad esa-yoshlarimizni yuksak me’zonlar asosida ta’lim -tarbiya, ularni raqobatbardosh, o‘z mustaqil fikri va pozitsiyasiga ega kadrlar qilib tarbiyalashdan iborat.

Shu ma’noda, bugungi kun pedagogining, ayniqsa pandemiya sharoitida o‘zi ham yangi formatdauniversal mutaxassis, ham o‘rgatuvchi, ham o‘rganuvchi bo‘lishi, ya’ni o‘z ustida tinimsiz ishlashi va izlanishini davr taqazo etmoqda.

Professional ta’lim sohasida bugun xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan butunlay yangi tizimga o‘tishimiz kerak.

Bugun ta’lim-tarbiya sohasida, farzandlarimiz hayotida yangi davr boshlanmoqda. Bu davrni yanada chuqur ma’no-mazmun bilan to‘ldirib, milliy yuksalishga erishish faqat va faqat o‘zimizga, shu yo‘lda hamjihatlik bilan qattiq mehnat qilishimizga bog‘liq. Bu yo‘lda Siz-hamkasabalarimga kuch-quvvat tilayman.

Sizlarni yana bir bor bayram bilan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti rektori,

professor Avazjon Marahimov