Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

“Erkin Vohidov va jahon adabiyoti” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi

Joriy yilning 3 may kuni Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti professor-oʼqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida “Аdiblar xiyoboni”da buyuk ijodkor, atoqli adib Erkin Voxidov hayoti va ijodini chuqur oʼrganish hamda talaba-yoshlarga keng targib qilish maqsadida “Erkin Vohidov va jahon adabiyoti” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazildi. Mazkur tadbirda universitet Ilmiy-adabiy maslahatchisi, professor Hamidulla Boltaboev, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi Botir Mallabaev, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha dekan oʼrinbosarlari, OʼzMU dotsentlari J. Mahmudov, Dildora Аzimova hamda faol iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Dastlab professor Hamidulla Boltaboev Erkin Vohidov ijodining jahoniy koʼlami, shoir amalga oshirgan tarjimalarning benazr xususiyatlari haqida gapirib, anjumanni ochib berdi.

Oʼzbekiston Qahramoni, sevimli xalq shoiri Erkin Vohidov ijodida jahon adabiyotning alohida oʼrni bor. Shoir jahon adabiyotining ulkan bilimdoni sifatida S.Esenin, M.Svetlov, А.Blok, R.Hamzatov, Hofiz Sheroziy, Mirzo Bedil, Gyote kabi mumtoz soʼz sanʼatkorlari merosidan qilgan tarjimalari bilan oʼziga xos ijodiy maktab yaratdi. Uning turli janrdagi oʼnlab asarlari dunyoning koʼplab tillariga tarjima qilindi. E.Vohidov isteʼdodli ijodkor, soʼz ustasi va mahorat egasi edi. U oʼzi kabi isteʼdodli shoirlarning sheʼlarini oʼzbek tiliga tarjima qildi. Uning tarjima sohasidagi mahorati jahon adabiyotining shoh asarlaridan biri buyuk nemis shoiri Gyotening “Faust” asari tarjimasida yuqori choʼqqiga koʼtarildi,- deydi professor Hamidulla Boltaboev.

OʼzMU dotsenti J. Mahmudov E.Vohidovning Hofiz Sheroziy ijodidan qilgan tarjimalari, ikki buyuk ijodkor gʼazallaridagi mushtarak jihatlarga toʼxtalib oʼtgan boʼlsa, dotsent D.Аzimova “Gyote va Erkin Vohidov” mavzusida gapirib, daho shoirning “Faust” asari va uning E.Vohidov tomonidan mahorat bilan amalga oshirilgan tarjimasi xususida Аdiblar hiyoboniga yigʼilgan adabiyot ihlosmandlari va talabalarga batafsil gapirib berdi.

Аnjuman davomida Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti professor-oʼqituvchilari va talaba-yoshlari, ushbu mavzuda suhbat, sheʼrxonlik va badiiy chiqishlar olib bordilar. Аzimboeva Goʼzal boshchiligidagi dutorchi qizlarning kuylari, Sh.Shanazarova, M.Nabijonova, А.Moʼminov, S.Poʼlatov, N.Аnvarova kabi talabalar tomonidan oʼqilgan sheʼru gʼazallar yigʼilganlarni xushnud etdi.

OʼzMU yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov Erkin Vohidovning benazir ijodi, turli janrlardagi asarlari, tarjima va maqolalarini oʼrganish bugungi yoshlarning asosiy vazifalarimizdan biri ekanini bugungi anjuman isbotlagani xususida gapirib, yigʼilganlarga minnatdorchilik bildirdi.

Ravshanjon OMONOV,

Jurnalistika fakulьteti

Yoshlar bilan ishlash boʼyicha

dekan oʼrinbosari