Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

HАSHАR – ELGА YARАSHАR!

Xalqimizning goʼzal qadriyatlari, betakror urf-odatlari talaygina. Shunday anʼnalarimizdan biri bu hashar hisoblanadi. Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasi hamda 21 avgust umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari munosabati bilan Oʼzbekiston Milliy universiteti hududi va universitetiga biriktirilgan 15 ta mahalla fuqarolar yigʼinlarida mazkur tadbirlar oʼzgacha shukuh hamda uyushqoqlik bilan tashkil qilindi.
21 avgust kuni erta tongdan Oʼzbekiston Milliy universiteti rektorat va oʼquv binolari hamda talabalar turar joylari boʼylab navobaxsh kuy-qoʼshiqlar ohangida butun universitet jamoasi ixtiyoriy-koʼngilli ravishda obodonlashtirish ishlariga bel bogʼladilar.


Joriy yil 12 avgustda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 455-F-sonli farmoyishiga muvofiq sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, yurtimiz boʼylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilangan edi. Shu munosabat bilan universitetga biriktirilgan Toshkent shahar Olmazor va Yashnobod tumanlaridagi 15 ta mahalla fuqarolari yigʼinlarida ham barcha fakulьtet dekanlari boshchiligida koʼkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hayriya hashari doirasida Xorijiy filologiya fakulьteti jamoasi Olmazor tumanidagi “Umid” mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muxtoj, boquvchisini yoʼqotgan oilalar va yolgʼiz keksalar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat hamda xoʼjalik mahsulotlari yetkazib berishdi.
Shuningdek, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha prorektor Kamoliddin Mirzaaxmedov tashabbusi bilan mazkur obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etgan universitet xodimlari uchun hashar dasturxoni yozildi.


Mazkur obodonlashtirish va hayriya ishlarini tashkil etish va yuqori saviyada oʼtkazishda jonbozlik koʼrsatgan OʼzMU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi jamoasi, barcha fakulьtet dekanlari, universitet yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkiloti hamda butun universitet jamoasiga chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz.
Xulosa qilib aytganda, xalqimizga xos boʼlgan mazkur tadbirlar barcha yurtdoshlarimizga milliy qadriyatlarimizni ulugʼlash va sogʼlom turmush tarzini targʼib etishga xizmat qiladi.

OʼzMU Аxborot xizmati