Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘tkazildi

O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oʻzbekiston-Tojikiston oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi o‘tkazildi.


“2030-yil: O‘zbekiston va Tojikistonda oliy ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari qatnashdi.


Forumda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari bilan Tojikiston universitetlari oʻrtasida integratsiyani yo‘lga qoʻyish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, tajriba almashish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Forum yakunida 50 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va yo‘l xaritalari imzolandi.
Mazkur xalqaro anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov ham ishtirok etib, moderatorlik qildi.
O‘zbekiston Milliy universiteti bilan Akademik M.S.Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti, Tojikiston davlat pedagogika universiteti hamda Abuabdulloh Rudakiy nomidagi Kulob davlat universiteti hamkorlik o‘rnatishga, hamkorlik shartnomasi imzolashga qiziqish bildirdi. Yuqoridagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, bir necha yo‘nalishlarda faol hamkorlik olib borishga qaratilgan bitim imzolandi.

O‘zMU Axborot xizmati