Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

«Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetida fakultetlar kesimida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Kimyo fakultetida shu mazmunda bo‘lib o‘tgan tadbirda rektor maslahatchisi Jalol Ro’ziyev, fakultet dekani Shahnoza Qodiriva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, yoshlar bilan ishlovchi universitetning tegishli mas’ullari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent shahar «Ma’rifiy targ‘ibot markazi» davlat muassasasi direktori, “Shuhrat” medali sohibi Mirzohid Xidirov tomonidan mavzuga doir keng ma’lumot va tushunchalar yetkazildi.

Yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan yot g‘oyalardan asrash, turli ekstremistik va terroristik guruhlar ta’siriga tushib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatiga doir fikr mulohazalar bildirildi.

Davra suhbatida jamiyatda ma’naviy tahdidlarning oldini olish, yoshlarning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish va ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yangiliklar