Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Mukofotlar muborak boʼlsin!

Yangi Oʼzbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining oʼttiz yillik bayramini xalqimiz katta shod-u xurramlik bilan kutib olmoqda. Mamlakatimizda yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda unga munosib barkamol avlodlarni tarbiyalashda hech shubhasiz, yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor. Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini eʼtirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʼularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shunday ulugʼvor maqsadlarga hamohang, mamlakatimizni jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga hissa qoʼshayotgan, davlatimiz va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat boʼlib kelayotgan, jamiyatimizda barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bagʼrikenglikni taʼminlash, yosh avlodni barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik koʼrsatayotgan bir qator universitet xodimlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan, “Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” va “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Universitet rektori boshchiligida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimida samarali faoliyat koʼrsatib kelayotgan 19 nafar xodimlar “Oʼzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni va 9 nafar xodimlar “Mehnat faxriysi” koʼkrak nishoni bilan mukofotlandi.
Ushbu yuksak eʼtirofga sazovor boʼlganliklari bilan universitet rahbariyati va jamoasi nomidan chin dildan samimiy muborakbod etamiz.

OʼzMU Аxborot xizmati