Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

OʼzMU magistranti Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʼgʼrisida"gi Qaroriga koʼra Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulьteti Falsafa (qoʼllash sohasi) mutaxassisligi 2-kurs magistranti Berdieva Iroda Xudayshukurovna madaniyat yoʼnalishi boʼyicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan takdirlandi.

Berdieva Iroda Xudoyshukurovna 1993 yil 7 yanvarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tavallud topgan. Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi faol aʼzosi. Madaniyat yoʼnalishining suhandonlik sohasida ijod qiladi. Yoshlar oʼrtasida oʼtkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda stsenariy muallifi va boshlovchi sifatida faol qatnashib, tengdoshlariga oʼrnak boʼlmoqda. Hozirgi kunda “Mediakommunikatsiyalarning yoshlar tafakkur uslubiga taʼsiri” mavsuzida magistrlik dissertatsiyasi boʼyicha ilmiy ish olib bormoqda. Ilmiy faoliyati davomida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi rivoji, insonlarga taʼsiri, salbiy va ijobiy tomonlarini ustozlari koʼmagida oʼrganib kelmoqda.

Magistrimizning ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaymiz hamda
ota-onasi va ustozlariga universitet rahbariyati, professor-oʼqituvchilari va yoshlari nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Yoshlar bilan bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi