Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

OʼzMU talaba-yoshlari “Shon-sharaf” Respublika harbiy festivalida ishtirok etdi

Joriy yilning 20 aprelь kuni Yoshlar oʼrtasida oʼzbek xalqining Ikkinchi jaxon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi hamda vatanparvarligini keng targʼib qilish hamda front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bagʼishlab Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʼalaba bogʼi”da “Shon-sharaf” respublika harbiy festivali boʼlib oʼtdi.

Faxriylar bilan uchrashuvlar, harbiy parad va ekskurtsiyalarni oʼz ichiga olgan festivalda Oʼzbekiston Milliy universitetidan 200 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat koʼrsatgan, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini namoyon etgan koʼp millatli Oʼzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʼalabaga qoʼshgan munosib hissasi, bundan keyingi necha-necha avlodlar uchun jasurlik va bagʼrikenglik namunasi boʼlib xizmat qilgan yurtdoshlarimizning jasorati va matonati haqida ham maʼlumotga ega boʼlishdi.

Yoshlar bilan ishlash,

maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi