Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

O‘zbekiston Milliy universiteti talaba-yoshlarining qo‘li baland keldi!

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimiz vakillari Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlari hamda turli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishmoqda.

Jumladan, 2020 yilning 24-30 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida Taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kyorugi, pumse va para-kyorugi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan 700 nafar ishtirokchi bahs olib bordi.

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talaba-yoshlari mazkur musobaqada Kyorugi, pumse va para-kyorugi yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etib, 11 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilari, Taekvondo WT sport turi bo‘yicha universitet jamoasi bosh murabbiylari Laziz Po‘latov va Javoxir Dexqonovlarning mazkur jamoani shakllantirish va musobaqaga tayyorlashda xizmatlari beqiyos.

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida Taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining tantanali ochilish marosimi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida Taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining tantanali ochilish marosimi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida Taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining tantanali ochilish marosimi

Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida Taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston Chempionatining tantanali ochilish marosimi

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 18-301 gurux talabasi Sanjar Muxtorovning final bosqichidagi uchrashuvi

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 18-301 gurux talabasi Sanjar Muxtorovning final bosqichidagi uchrashuvi

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 18-201 gurux talabasi 1-o‘rin soxibasi Shoxsanam Azamova

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 20-101 gurux talabasi, 1-o‘rin soxibi Ulug‘bek Rashitov va 3-o‘rin soxibi Abrorjon Abduvaxobov

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 20-101 gurux talabasi, 3-o‘rin soxibi Javlonbek Sunnatillayev

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talaba-yoshlaridan tashkil etilgan terma jamoa a’zolari

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 19-201 gurux talabasi, 1-o‘rin soxibasi Madinabonu Mannapova

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 19-201 gurux talabasi, 1-o‘rin soxibasi Svetlana Osipova

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 18-301 gurux talabasi, 1-o‘rin soxibi Shaxboz Tusmatov, 20-101 gurux talabasi, 2-o‘rin soxibi Fariddin Boymurodov va 18-301 gurux talabasi, 3-o‘rin soxibi Islomjon Adxamov

O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti professor-o‘qituvchilari, Taekvondo WT sport turi bo‘yicha universitet jamoasi bosh murabbiylari Laziz Po‘latov va universitetda taxsil olayotgan O‘zbekiston Parataekvondo bo‘yicha terma jamoa a’zolari

Taekvondo va sport faoliyati fakulteti