O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda universitet birinchi prorektori Tunis Xojiyev, fakultet dekani Zafar Rahmonov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Ra’no Rustamova, profilaktika inspektorlari podpolkovnik Alisher Abdulhaqov, katta leytenant Husniddin Orzimatov hamda tegishli bo‘limlar mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlarni turli yot g‘oyalar, axborot xurujlari va huquqbuzarliklardan asrash, ularni qonunlarga hurmat, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Davra suhbati jarayonida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. Talabalar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va takliflarni amaliyotga tatbiq etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ilmiy va ijodiy loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Shuningdek, talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, ulardan batafsil va atroflicha javoblar oldilar. Uchrashuv yoshlar uchun muhim muloqot maydoniga aylanishi bilan birga, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Последние новости