Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugun, O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-2025-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Mazkur anjumanda Uslubiy ta’minlash va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha prorektor Ravshan Musurmanov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, O‘quv jarayonlarini rejalashtirish va tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Vohidjon Topildiyev, O‘zMU Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Rustamjon Allaberdiyev hamda OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi. Dastlab, universitet mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Milliy universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, o‘quv jarayonlari sifatini oshirish, HEMIS axborot tizimini joriy etishni takomillashtirish, talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ularga bilim olishi, salohiyatini namoyon qilishi uchun qo‘shimcha imtiyoz va qulaylik yaratish, yosh tadqiqotchilar uchun qulay imkoniyatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari, jurnalist va blogerlar O‘zbekiston Milliy universiteti mas’ullaridan mavzu borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollari bo‘yicha javob olishdi. Anjuman tafsilotlari UzReport TV telekanali hamda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali jonli translyatsiya qilindi. O‘zMU Axborot xizmati