Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

O‘zMU olimlari jurnalistlar xavfsizligi bo‘yicha xalqaro tadbirda ishtirok etdi

26-27-iyun kunlari Jurnalistika fakulteti olimlari va tadqiqotchilari Olmaota shahrida Markaziy Osiyoda jurnalistlar xavfsizligiga bag‘ishlangan mintaqaviy tadbirda ishtirok etdi.
Tadbir YXHTning OAV erkinligi bo‘yicha byurosi tomonidan tashkil etildi. Spiker va ekspertlar, shuningdek, jurnalistlar, blogerlar, turli ommaviy axborot vositalari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari raqamli va psixologik xavfsizlik masalalarini muhokama qildilar.
Tadbirda kiberhujumlarning oldini olish va kamaytirish bo‘yicha muvaffaqiyatli strategiyalar va zamonaviy vositalari taqdim etildi. Ishtirokchilar internetdagi izlarni kamaytirish va mobil aloqa xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini o‘rgandi.
Tadbirning alohida sessiyasi ayol jurnalistlarning internetdagi xavfsizligi masalasi muhokamasiga bag'ishlandi. Markaziy Osiyo mamlakatlari media hamjamiyatlari vakillari jurnalist ayollarga nisbatan onlayn zo‘ravonlikni monitoring qilish va oldini olish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajriba bilan almashishdi.
Tadbir ishtirokchilari mediasavodxonlik va sun’iy intellektning yangi vositalari bilan ham tanishdilar.