Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

O‘zMU Round University Ranking xalqaro reytingining TOP-1000 taligidan joy oldi

Round University Ranking (RUR) xalqaro reyting agentligining 2021 yil uchun natijalari e’lon qilindi.
O‘zMU ushbu reytingda tabiiy fanlar yo‘nalishi (biologiya, qishloq xo‘jaligi, agrotuproqshunoslik)da ishtirok etib, World University Ranking da 526-o‘rin, Ta’lim sifati bo‘yicha 502-o‘rin, Ilmiy tadqiqot faoliyati bo‘yicha 577-o‘rin, Xalqaro xilma-xillik reytingida 356-o‘rin, Moliyaviy barqarorlik reytingida 359-o‘rinni egalladi.
O‘zMU 2 ta yo‘nalish bo‘yicha, ya’ni Xalqaro xilma-xillik va Moliyaviy barqarorlik reytingida TOP-500 talikka kirib, universitetlar «Bronza Ligasi» ga sazovor bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, Round University Ranking (RUR) - RUR Ranking Rossiya tomonidan nashr etiladigan dunyoning yetakchi universitetlarini baholovchi xalqaro reyting. Reyting 12 yildan buyon dunyoning 85 ta davlatidan 1200 ta nufuzli universitetlarni 4 ta yo‘nalishga taqsimlangan 20 ta ko‘rsatkich bo‘yicha taqqoslaydi.
O‘zMU bugungi kunda 7 ta xalqaro reytinglarda ishtirok etdi.

O‘zMU Axborot xizmati