Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Ta’lim: xalqaro hamkorlik istiqbollari

Qadimiy qadriyatimiz, xususan mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujasam etgan milliy sportimiz bo‘lgan Kurashni ommalashtirish, rivojlantirish va dunyoga tanitish hamda ushbu qadriyatimizni umumjahon durdonasiga aylantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4881 sonli qaroriga muvofiq, 2021 yil 16 sentabr kuni O‘zMUga Koreya davlati Chungbuk milliy jismoniy tarbiya universiteti professori, “Kurash” assotsiatsiya prezidenti, xalqaro toifadagi hakam Kim Eur-Joong tashrif buyurdi.

Uchrashuvda kurash bo‘yicha o‘zaro xalqaro hamkorlik, talabalar salohiyatini oshirish va baynalminallashtirish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish masalalari ko‘tarildi. Tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, talabalarning akademik mobilligini rivojlantirish, kurash bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Yuqori saviyada tashkil etilgan uchrashuvda Taekvondo va sport faoliyati fakulteti hamda Koreya davlati Chungbuk milliy jismoniy tarbiya universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng delegatsiya vakili 2021-2022 o‘quv yilidan Sport faoliyati “Kurash” ta’lim yo‘nalishiga qabul qilingan talaba-yoshlari bilan o‘zaro mahorat darsini olib bordi. Ushbu mahorat darsda janob Kim Eur-Joong o‘zining ushbu sport turi bo‘yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlari bilan o‘rtoqlashib, bugungi kunda O‘zbek kurashining 3500 ming yillik tarixini yaqindan o‘rganish, fakultet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda uning xalqaro nufuzini oshirishda o‘z hissasini qo‘shish hamda talaba-yoshlarni kurash sport turiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

O‘zMU Axborot xizmati