Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

O‘zMUda qozog‘istonlik olimning etnosiyosat va diasporalogiya bo‘yicha ma’ruzasi tashkil etildi

Joriy yilning 22-aprelida Tarix fakulteti "O‘zbekistonning eng yangi tarixi" kafedrasining tashabbusi bilan Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti Osiyo tadqiqotlar instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor G.N.Kimning "Qozog‘istonning zamonaviy etnosiyosati va koreys diasporasi" mavzusida ma’ruzasi tashkil etildi. 

Olim tomonidan bugungi kunda Qozog‘istonda etnosiyosat bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xususan koreys diasporasining mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‘rni ochib berildi.

G.Kim O‘zbekiston etnosiyosatiga ham to‘xtalib, mamlakatimiz bu borada Markaziy Osiyo va dunyoda o‘rnak olsa bo‘ladigan tajriba va nazariy asosga egaligini qayd etib o‘tdi. Ma’ruzada nafaqat fakultet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar, balki soha mutaxassislari, ya’ni Rossiya Fanlar Akademiyasining Tarix instituti professori D.Amanjolova, Qozog‘iston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti professori A.Aunasova, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti professori Yu.Ergasheva, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori R.Tursunova, Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali dotsenti R.Nazarovlar ishtirok etishdi. 

Kelajakda hamkorlikda etnosiyosat va diasporalogiya yo‘nalishida talabalar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Qozog‘iston Milliy universitetida “Diasporologiya” bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari ma’ruzalar bilan ishtirok etish hamda birgalikda xalqaro jurnal, monografiyalar yozish kelishib olindi.

O'zMU Axborot xizmati