Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

«Pedagogning notiqlik mahorati» mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedrasi tomonidan "Soft-skills – yumshoq ko‘nikmalarni rivojlantirish" ruknida "Pedagogning notiqlik mahorati" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening "Notiqlik san’ati akademiyasi" ta’lim muassasasi rahbari, professor Rahimboy Jumaniyozov tomonidan olib borildi.

Tadbirda universitetimiz yosh o‘qituvchilari, doktorant va magistrlar faol ishtirok etdilar. Ushbu treningda ta’lim samaradorligini oshirishda o‘qituvchining nutqiy komunikativligini takomillashtirish bo‘yicha mahoratli pedagog Rahimboy Jumaniyozov o‘z tajribasidan namunalar keltirdi. Til taktikasi, ta’sirchan innovatsion mexanizmlar bo‘yicha nazariy va amaliy fikrlar almashildi.

Tadbir so‘ngida shu kabi seminar-treninglarni universitetda davomiy o‘tkazish bo‘yicha takliflar berildi. Bu takliflarni umumlashtirish va universitet rahbariyatiga yetkazish masalalari “Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi mudiri F.A.Babashev o‘z zimmasiga oldi.