Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Quyosh “Sharq”dan

Odatda quyosh sharqdan bosh ko‘tarib, insonlarni qaynoq hayot sari chorlaydi. Universitetning hayrli tashabbusi ham “Sharq mahallasidan boshlandi. O‘zMU Yarimo‘kazgichlar va polimerlar fizikasi kafedrasi (mudiri, prof. A. Xolmuminov) Toshkent shahar Chilonzar tumanidagi “SHARQ” mahallasi bilan hamkorlik qiladi.

Hamkorlik borasidagi xayrli tashabbus “Sharq”dan boshlanib, O‘zMU kafedralari 80dan ortiq mahallalar bilan hamkorlikni boshladi. Kuni kecha kafedra ustozlari mahalla guzarida mahallaning faollari, tashabussor yoshlari bilan ochiq muloqot qilishdi. Mahalla fuqarolari yig‘ini raisi Komil Xudayberganov va uning jamoasi a’zolari mahalla, uning tarixi, buguni va rejalari, yechimini kutayotgan masalalar, yoshlarning tashabbuslariyu, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning xalqimiz turmush tarzidagi in’ikosi haqida so‘zlab berdi.

Bu mahalla 5 yil ilgari qo‘shni “SHAROF” mahallasidan ajralib chiqqan va hozirda alohida faoliyat yuritib kelmoqda. Mahalla fuqarolar soni 4714 kishi bo‘lib, oilalar soni 1600 tadan ko‘proqni tashkil etadi. Aholi asosan ko‘p qavatli binolarda yashaydi, bu binolarning aksariyati 9 qavatli bo‘lib, ular keyingi 10 – 30 yil ichida qurilgan. Fasadlar chiroyli, uylar to‘liqligicha issiqlik bilan ta’minlangan. Hozirda mahallada 6 ta baland qavatli uylar qurilmoqda. Barcha ko‘chalar asfalt qilingan va holati qoniqarli. Mahalla yaqinidan Toshkent halqa yo‘li o‘tgan, shuningdek, halqa yo‘lga chiqadigan magistral yo‘l ham mavjud. Yo‘llar ozoda, sanitar holati ham talab darajasida.

Mahallada 1 ta o‘rta maktab, 1 ta bolalar bog‘chasi, otalar choyxonasi, 2 ta tikuv sexi, 4 ta oziq-ovqat va xo‘jalik mollari magazinlari bor. Mahalla uylar zich bo‘lgan hudud bo‘lganligi uchun ham bu yerda yirik ishlab chiqarish korxonalari tashkil etilmagan. Mahallada o‘zbek, rus, qozoq, tojik, tatar va boshqa millatlar vakillari inoq yashab kelmoqda.

E’tiborlisi, yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning namunasi sifatidagi bunyodkorlik ishlarining ko‘lami, farovon turmush uchun davlatimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar xalqimiz ichida minnatdorlik kayfiyatini o‘yg‘otmoqda. Qariyalar duoda va maslahatlari bilan yoshlarga qanot. Yoshlar esa orzulari ruyobi yo‘lidagi imkoniyatlardan mamnun. Mahalladagi pensioner otaxon va onaxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar ham tahsinga loyiq.

Mahalladagi ko‘tarinki kayfiyat, yangiliklar va shukronalik hissi hamkorlikdagi kafedra muhitiga ham ko‘chdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari yoshlar uchun sport musobaqalari, fan to‘garaklari, yakshanba maktablari ochish bo‘yicha mahalla ahli bilan kelishib olishdi.

O‘zMU Axborot xizmati