Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Respublika onlayn fan olimpiadasi gʼoliblari

Joriy yilning 1 iyunь kuni iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlash va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida Respublika oliy taʼlim muassasalari talabalari oʼrtasida Psixologiya fanidan Respublika onlayn fan olimpiadasi boʼlib oʼtdi. Ushbu fan olimpiadada Oʼzbekiston Milliy universiteti talabalari ham ishtirok etishdi.OʼzMU Ijtimoiy fanlar fakulьteti Psixologiya yoʼnalishi 2kurs talabasi Xasanov Jamshid Shokir oʼgʼli 2oʼrinni, OʼzMU Ijtimoiy fanlar fakulьteti Psixologiya yoʼnalishi 3kurs talabasi Djumalin Nikita Veleevich 3oʼrinni egalladi. Sovrinli oʼrinlarni egallagan talabalarimiz vazirlikning fahrli diplomlari bilan taqdirlandilar.

Talabalarimizning muvaffaqiyatlari uchun universitet jamoasi, professor-oʼqituvchilari va yoshlari nomidan tabriklaymiz va ota-onasi, ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.

OʼzMU Аxborot xizmati