Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Sorbonne Paris Nord universiteti

Fransiya OTMlari bilan hamkorlik kengaymoqda

2023 yilning 4-sentabr kuni uzoq olib borilgan muzokaralardan so‘ng Fransiyaning Sorbonne Paris Nord universiteti raxbariyati imzolangan hamkorlik memorandumini O‘zbekiston Milliy universitetiga jo‘natib, universitetimiz bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirgan.

Memorandumga ko‘ra ikki tomon professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va ilmiy xodimlar almashinuvi, talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, hammualliflikdagi ilmiy maqolalarni yozish kabi vazifalarni hamkorlikda amalga oshirishga kelishib oldilar.

Imzolangan memorandumning asosiy maqsadi ikki oliy ta’lim muassassasi akademik ta'lim va tadqiqot sohasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni amalga oshirish va rivojlantirishdan iborat.