Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

TАBRIKLАYMIZ!

Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori, “Oʼzbekiston-Frantsiya” doʼstlik jamiyati ijrochi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Shirinova Raima Xakimovna xalqaro hamkorlik, millatlar oʼrtasida oʼzaro hamjihatlik va xalqlar oʼrtasidagi mehr-oqibat muhitini asrash, “Oʼzbekiston-Frantsiya” doʼstlik jamiyati faoliyatini rivojlantirishga hissa qoʼshib kelayotganligi, Oʼzbekistonda istiqomat qiluvchi frantsuzlar bilan doʼstlik aloqalarini mustahkamlashdagi faol ishlari uchun “Xalqlar doʼstligi” koʼkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 1 iyundagi 335-son Qarori bilan «Xalqlar doʼstligi» koʼkrak nishoni taʼsis etilgan edi. Joriy yildan boshlab ilk marotaba 30 iyulь – Xalqlar doʼstligi kuni munosabati bilan berildi.
Ustozimizni universitet rahbariyati va jamoasi, professor-oʼqituvchilari va yoshlari nomidan tabriklaymiz, keyingi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.

OʼzMU Аxborot xizmati