Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

TALABA — YOSHLAR VA SAYLOV

Joriy yilning 8 oktabr kuni O‘zMU 5-sonli talabalar turar joyida “Talaba-yoshlar va saylov” shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatidan ko‘zlangan asosiy maqsad, joriy yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ilk marotaba saylovchi sifatida ishtirok etadigan talaba-yoshlarga saylov qonunchiligi bo‘yicha ma’lumot berish hamda talabalar turar joylaridagi yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Kamoliddin Mirzaahmedov, unversitet profilaktika inspektori Adxamjon Yigitaliyev, universitet yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abdumo‘min Usmanov, Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Oybek Musurmonqulov, 5-sonli talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagoglari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Kamoliddin Mirzaahmedov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarining talaba-yoshlar hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng barcha talabalarni o‘zlarining saylov huquqidan munosib foydalangan holda joriy yilgi prezidentlik saylovlarida faol ishtirok etish taklifini bildirdi.
Tabdir davomida talaba-yoshlarning ham savol va takliflari tinglandi hamda eng yaxshi takliflarni bildirgan yoshlarga universitetning esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi davra suhbatlari universitetga qarashli barcha talabalar turar joylari hamda fakultetlarda davom etmoqda.

O‘zMU Axborot xizmati