Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Universitetda xalqaro reytingni oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar

Universitetda xalqaro reytinglarda ishlash boʼlimi tomonidan muntazam tashkil etib boriladigan navbatdagi seminar-treninggi 20 fevralь kuni boʼlib oʼtdi.

Seminarni Аmerika Qoʼshma Shtatlari Mikrobiologiya jamiyatining Oʼzbekistondagi elchisi, BMTnin Jahon oziq-ovqat xavfsizligi qoʼmitasi ekspertlar guruhi aʼzosi, Oʼzbekiston Miliy Universiteti bitiruvchisi professor Dilfuza Egamberdeva Germaniyadan turib olib bordi.

“Ilmiy tadqiqotda etika” mavzusidagi seminarda manfaatlar toʼqnashuvi, koʼchirmachilik [plagiat], ilmga boʼlgan munosabat, mualliflik huquqlari mavzulari yoritib berildi. Universitet yosh tadqiqotchilari, oʼqituvchilar, doktorantlar va magistrlar oʼzlarining savol va fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar.

Seminar-trening nihoyasida universitetning xalqaro aloqalar boʼyicha prorektori Raima Shirinova va xalqaro reytinglarda ishlash boʼlimi boshligʼi Goʼzal Boboeva lektor Dilfuza Egamberdievaga mazkur sohadagi fidoiyligi va jonbozligi uchun universitet rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirib navbatdagi seminar vaqti va mavzulari boʼyicha kelishib oldilar.

Xalqaro reytinglarda ishlash boʼlimi