Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

XORIJIY TALABALAR BILAN UCHRASHUV

Bugun, 20 sentabr kuni Xalqaro aloqalar bo‘limida mazkur o‘quv yilida universitetga qabul qilingan xorijiy talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv yilida universitetga Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Koreya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalari yoshlari talabalikka qabul qilindi.
Uchrashuv davomida talabalarga va ularning ota-onalariga universitetda o‘quv jarayonining borishi, kredit-modul tizimi tartibi, talabalar turar joyida ichki tartib-qoidalar, xorijiy talabalar bilan o‘tkaziladigan turli tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan talabalarning ota-onalarini savollariga javob berildi.
Uchrashuv so‘nggida xorijiy talabalar bilan universitet doimo muloqotga tayyor ekanligi va samimiy uchrashuvlar ko‘p o‘tkazilishi ta’kidlandi.

O‘zMU Axborot xizmati