Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

«YANGI O‘ZBЕKISTON — YANGICHA DUNYOQARASH» TARG‘IBOT TADBIRLARI

«Yangi O‘zbekiston - yangicha dunyoqarash» shiori ostida O‘zbeksiton Milliy universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumani 1 va 2 sektor tarkibiga kiruvchi mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilib kelmoqda targ‘ibot tadbirlariga 81 ta kafedra jalb etilgan.

Pandimiya paytida xalqimizning ruhiyatini yanada ko‘tarish bilan birqatorda hayotga ishonch hissini uyg‘otish va dunyoda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan xabardor qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimizga xos azaliy qadriyatlarni aholi orasida targ‘ib qilishdan iborat.

Tadbirlarda siyosatchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, olimlar, yozuvchi va shoirlar, san’atkorlar, taniqli sportchilar hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashmoqda. Targ‘ibot tadbirlarida ishtirokchilarga Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasida ilgari surilgan fikrlar, O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatining ustivor yo‘nalishlari, shuningdek, “Konstitutsiya – xalq farovonligi va yurt tinchligi”, “Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida”, “Aholi, ayniqsa, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga innovatsion yondashuv” kabi mavzular yuzasidan keng tushunchalar berildimoqda aholi o‘rtasida Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ijobiy samaralar berib, aholining turmush farovonligi, ma’naviyati yuksalmoqda. Xalqaro miqyosda O‘zbekistonning nufuzi ortib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar, erishilayotgan yutuqlar, bunyodkorlik ishlari, umuman, islohotlarning mazmun-mohiyati haqida yurtdoshlarimizga yanada kengroq ma’lumotlar berish o‘tkazilayotgan tadbirlarning bosh maqsadidir.

Ma’naviy ma’rifiy tadbirlar ayniqsa, sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi."Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tuman va shaharlarda davom etadi.

Yoshlar iblan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi