Национальный университет Узбекистана имени Мирзо Улугбека является первым и ведущим высшим учебным заведением не только в Узбекистане, но и в Центральной Азии: 15 факультетов, 80 кафедры, 16 совместных образовательных программ, Количество выпускников 200 000+

Yoshlar akademiyasi forumi o‘tkazildi

Bugun, 20-may kuni O‘zbekiston Milliy universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar akademiyasi forumi” o‘tkazildi.


Tadbirni o‘z kirish so‘zi bilan ochib bergan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov forum ishiga omad tilab, iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy loyihalarini amalga oshirish masalasiga universitet rahbariyati jiddiy e’tibor qaratishini ta’kidlab o‘tdi.


Forumda malakali spikerlar, muvaffaqiyatga erishgan iqtidorli talabalar tomonidan bir necha muhim mavzular bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazildi.
Jumladan, xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, “Bo‘lajak olim”, “Akademik harakatchanlik” kabi tanlovda ishtirok etish tartibi, iqtidorli talabalarning ilmiy va startap loyihalarini tanlovlarga yo'naltirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlarni tayyorlash va topshirish tartibi xususida so‘z yurutildi.

Forum so‘nggida “Ideaton” va “Ayollar biznesiga birinchi qadam” tanlovlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

O‘zMU Axborot xizmati