Sian shahrida “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasiga rasman start berildi

Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy ва zamonaviy an’analari uyg‘unlashgan Sian shahrida uchinchi “Xitoy–O‘zbekiston hududlararo hamkorlik” xalqaro forumi doirasida tashkil etilgan “Study in Uzbekistan” milliy ta’lim ko‘rgazmasi bugun rasman o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 43 ta yetakchi oliy ta’lim tashkiloti o‘zining ta’lim dasturlari, ilмий salohiyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Jumladan, ushbu nufuzli tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti pavilyoni ham tashkil etilgan bo‘lib, unda oliygohimiz vakillari – O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Voxidjon Topildiyev hamda O‘quv-metodik ta’minot bo‘limi boshlig‘i Shohruh Sayfullayev ishtirok etishmoqda.

Tadbir doirasida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar, taqdimotlar, B2B formatidagi muzokaralar hamda istiqbolli hamkorlik loyihalari yuzasidan muloqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, universitetlar o‘rtasida yangi hamkorlik memorandumlari va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinmoqda.

“Study in Uzbekistan” ko‘rgazmasi mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining xalqaro maydondagi nufuzi va salohiyatini keng targ‘ib qilish, O‘zbekistonni mintaqadagi muhim ta’lim xablari (markazlari)dan biri sifatida namoyon etishda muhim platforma vazifasini o‘taydi.