Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4433 sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, 2024-yil “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akadamiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi, Respublika yosh olimlar kengashi hamkorligida “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi II Respublika ilmiy-amaliy  konferensiya o‘tkazilayotganligi hozirgi kundagi dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masala ekanligi bilan muhimdir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan islohotlari natijasida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi izchil islohotlarning amalga oshirilmoqda hamda yurtimizning xalqaro reytinglardagi nufuzi oshib bormoqda. Perzidentimiz ta’kidlaganidek, “Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq”.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish akadamiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi, Respublika yosh olimlar kengashi rahbariyati va xodimlariga, respublikadagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilari va talabalari ishtirok etdi. 

Qonferensiyada sifatli ta’limni ta’minlashda aniq, tabiiy, xorijiy va ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni, ta’lim sohasidagi islohotlar, ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim va tarbiya uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek ta’lim tizimida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.  

Konferensiyagga 400 dan ortiq maqolalar kelib tushgan. Shulardan ishchi guruh tomonidan 312 ta maqolalar konferensiya to‘plamiga kiritilgan. Konferensiya so‘nggida konferensiya “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar hamda faol ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.