Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Sport maydonlarida-o‘qituvchilar

O‘zbekiston Milliy universiteti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligiga bag‘ishlab sportning minifutbol, valeybol, shaxmat, stol tennisi va darts turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda universitetda faoliyat yuritayotgan 150 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etdilar.

Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan musobaqalar natijasiga ko‘ra minifutbol bo‘yicha 1-o‘rin Matematika fakulteti jamoasiga, 2-o‘rin Amaliy matematika fakulteti jamoasiga va 3-o‘rin Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti jamoalariga nasib etdi. Ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voleybol turi bo‘yicha birinchi o‘rinni Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti, 2-o‘rinni Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti va 3-o‘rinni Taekvando va sport faoliyati fakulteti jamoasi egalladi.

Shaxmat turi bo‘yicha yakka birinchilik bahslarida 1-o‘ringa Azamat Axmedov, 2-o‘ringa G‘ulom Umurzoqov va 3-o‘ringa G‘aniboy Raxmonovlar loyiq deb topildilar. Ayollar o‘rtasida kechgan stol tennisi bo‘yicha bahslarda 1-o‘rin Shaxodat Usmanova, 2-o‘rin Dildora Baxriddinova va 3-o‘rin Nigora Akbarovaga nasib etdi. Darts bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda 1-o‘rinni Ma’ruf Alimov, 2-o‘rinni Sayfulla Ramanov va 3-o‘rinni Ahmadjon Toxtasinovlar egalladi, ayollar o‘rtasidagi bahslarda Mavjuda Aripova 1-o‘ringa, Dilfuza Begmatova 2-o‘ringa va Nigora Xamdamova 3-o‘ringa loyiq deb topildi.

Sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolari va ishtirokchilarga universitet kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan pul mukofotlari, diplomlar va chempionlar kuboklari topshirildi.

O‘zMU Axborot xizmati