Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Sportchilar dopingga qarshi!

O'zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy Antidoping agentligi tomonidan “Sportda dopingni oldini olish” mavzusida o'quv-seminar mashg'uloti tashkil etildi.
Mazkur o'quv-seminarda fakultet professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirokida o'tkazilgan tadbirda Antidoping qoidalari, sportda dopingni oldini olishga asoslangan ma'lumotlar hamda antidoping qoidalariga qat'iy rioya qilishga oid dolzarb masalalar yuzasidan O'zbekiston Milliy Antidoping agentligi bosh mutaxassisi L.Egamberdiyeva va agentlik matbuot xizmati kotibi X.Omonovlarning ma'ruzalari tinglandi. O'quv-seminar davomida professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

O’zMU Axborot xizmati