Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sun’iy intellektning dori vositalarini kashf etishdagi roli

O‘zbekiston Milliy universitetida Biologiya va ekologiya fakulteti Biokimyo kafedrasi “Yosh biokimyogarlar” klubi hamda Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglar bo‘limi “NUU Public Talks” klubi  tomonidan “Sun’iy intellektning dori vositalarini kashf etishdagi roli” mavzusida xalqaro vebinar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda Massachusets Texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MITandHarvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a’zosi,  PhD Erkin Kurganov ma’ruza qildi.

Unda Biologiya va ekologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda Biokimyo kafedrasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan universitetlar, maktablar va tashkilotlar ishtirok etdi.

Jumladan, Biofizika va biokimyo instituti, Bioorganik kimyo instituti, Ilg‘or texnologiyalar markazi, AKFA university, ToshPTI Akademik litseyi, TTA Akademik litseyi, Sirojiddinnov nomidagi Akademik litseyi va bir qator maktab o‘quvchilari qatnashishdi.

Vebinar davomida dorilarning yaratilish jarayoni, bosqichlari, undagi qiyinchiliklar, hamda dori ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi gigant kompaniyalar haqida ma’lumotlar berildi.

Sun’iy intellekt, uning paydo bo’lishi va insoniyat uchun uning qulayliklari jumladan ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellektdan foydalanish hamda zamonaviy dori ishlab chiqarishda sun’iy intellektni o’rni haqida to‘xtalib o‘tildi.

O‘zMU Axborot xizmati