Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Talabalar Xovosda amaliyot o‘tamoqda

Shu yilning 27-may kuni Sirdaryo viloyati Xovos tumani hokimiyatiga O‘zMU “Etika va estetika” kafedrasi dotsenti, malaka amaliyoti rahbari N.Tangirov boshchiligida Ijtimoiy fanlar fakulteti “Amaliy etika” yo‘nalishi 2-bosqich Sirdaryo va Jizzaxlik talaba-yoshlar tashrif buyurdi.

Amaliyotchilar bilan Xovos tumani Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha hokim o‘rinbosari N.Abdullaev uchrashdi. Tumandagi madaniy meros va turizm obyektlarida talabalarga malakaviy amaliyotni samarali o‘tkazishga keng imkoniyat yaratilishi ta’kidlandi.

Xovos tumanining turizm imkoniyatlarini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati bilan istiqbolli reja ishlab chiqilganligini, mana shunday amaliy ishlardan biri sifatida O‘zMU talabalarining Xovos tumaniga tashrifini qayd etib o‘tish mumkin.

O’zMU Axborot xizmati