Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Karimov Jasurbek Alisherovich — fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), O‘zbekiston Milliy universiteti matematik analiz kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi.

1987-yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi 282-maktabni tamomlagan. 2008-yilda bakalavr, 2010-yilda magistr darajasini O‘zbekiston Milliy universitetida olgan.

2008-yildan buyon ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. 2019-yilda “Diz’yunkt to‘liq Banax modullarini klassifikatsiyalash” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Ilmiy rahbari — fizika-matematika fanlari doktori, professor Chilin Vladimir Ivanovich.

Ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi — funksional analiz, xususan Banax modullari nazariyasi. 10 ga yaqin ilmiy maqola muallifi bo‘lib, xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan ishlari mavjud. 20 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan.

2019-yilda tayanch doktorantlar uchun Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgan. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal biladi.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar