Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

RSamarqand viloyati Urgut tumanida tavallud topgan (1984 y.). Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (2018), dotsent (2020), Geografiya fanlari doktori, Dsc (2025). Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Fizika fakulteti Gidrometeorologiya bo‘limi Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya kafedrasi mudiri. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMUda bakalavriatura bosqichini 2006 yilda, magistraturani esa 2008 yilda tamomlagan. U 1 ta xalqaro loyihaga ilmiy rahbarlik qilgan, 2 ta fundamental va amaliy loyihalar ishtirokchisi. Respublika hamda xalqaro miqyosdagi ilmiy anjumanlar ishtirokchisi. 5 ta xarita,  120 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 30 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan. Hammuallifligida 5 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 5 ta monografiya nashr ettirilgan. GMITI qoshidagi Ixtisoslashgan Kengash a’zosi. O‘zR OAK ro‘yxatidagi “Gidrometeorologiya va AMM” jurnalining tahrir hay’ati a’zosi. Uning rahbarligida 20 dan ortik bakalavrlarning bitiruv malakaviy ishlari, 10 dan ortiq magistrlik dissertasiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. 

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar