Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mehnat faoliyati

Tuychiyev Tohir Tursunbayevich 1955 yil 29 iyulda Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek.

1972–1977 yillarda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti)ning Mexanika-matematika fakultetida tahsil olgan. 1977 yilda universitetni muvaffaqiyatli tamomlab, matematik-o‘qituvchi mutaxassisligiga ega bo‘lgan.

Mehnat faoliyatini 1977 yilda Toshkent Davlat Universiteti Mexanika-matematika fakultetida assistent lavozimida boshlagan. 1979–1983 yillarda Toshkent Politexnika Instituti “Oliy matematika” kafedrasida assistent bo‘lib ishlagan.

1983–1987 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika institutida aspiranturada tahsil olgan. 1987–1992 yillarda Toshkent Davlat Universiteti “Matematik analiz” kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

1992 yil 28 maydan boshlab O‘zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-matematika fakulteti “Matematik analiz” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy darajasi — fizika-matematika fanlari nomzodi.

Ilmiy unvoni — dotsent.

Rus tilini biladi.

Uslubiy nashrlar

Avtoreferat

Ilmiy nashrlar

Sertifikatlar

Videodarslar

Loyihalar