Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri  -  fan doktori, DSc , dotsent Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

71 227-15-44

e-mail: zafarjonjabbarov@gmail.com


TUPROQSHUNOSLIK KAFEDRASI TARIXI, ILMIY MAKTABI VA YUTUQLARI 

O‘zbekiston tuproqlarini aniq reja va maqsad bilan o‘rganish – bu O‘zbekiston Milliy (sobiq Turkiston, O‘rta Osiyo, Toshkent Davlat) universiteti tashkil qilinishi bilan chambarchas bog‘liq. Darhaqiqat, bu universitet qoshida 1920 yilda Geobotanika va tuproqshunoslik ilmiy tadqiqot institutining  tashkil topishi yuqoridagi fikrlarimizga asos bo‘ladi. Mazkur institutda 1920-1932 yillar davomida uning asoschisi professor N.A.Dimo, professor M.A.Orlov tadqiqotchi olimlar N.B.Bogdanovich, M.A. Pankov, D.M.Klavdienko va boshqalarni ishtirokida O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi mamlakatlarning sug‘oriladigan yerlari mukammal o‘rganildi va turli maqsadlar uchun tuproq xaritalari tuzildi. Bu hududlarda tarqalgan asosiy tuproq tiplariga har tomonlama tavsif berildi. Bu xaritalar va tuproqlar to‘g‘risidagi barcha ilmiy ma’lumotlar albatta o‘sha davrda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda aniq rejalashtirilgan dehqonchilik tizimini vujudga keltirishga asos bo‘ldi.

1935 yilda universitet Geologiya-geografiya fakulteti tizimida tuproqshunoslik kafedrasining tashkil topishi –O‘zbekistonda tuproqlarni o‘rganish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ulkan ilm tarmog‘iga aylanganligidan  dalolat beradi. Tuproqshunoslik kafedrasi 1949 yilda Biologiya fakultetiga o‘tkazilgan, aynan shu yilda bu fakultetda “Agronomiya” kafedrasi tashkil qilindi va shu yildan boshlab fakultet             Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti nomi bilan yuritiladi. Bu vaqt davomida tuproqshunoslik kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan e’tiborga loyiq ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Jumladan, M.A.Orlov tuproqshunoslik kafedrasi asoschisi hisoblanib, uning butun ilmiy faoliyati sug‘orish va insonning dehqonchilik faoliyati ta’sirida hosil bo‘lgan antropogen (voha) va tuproqlar genezisi hamda xossalarini o‘rganishga qaratilgan edi. Akad. S.N.Rijov, keyinchalik dos. X.A.Abdullaev o‘zining tadqiqotlarida asosiy diqqatni sug‘oriladigan yerlarning madaniy holatini baholash, unumdorligini oshirishda gumusning ahamiyati, uni boshqarish muammolari bilan shug‘ullandilar.

1960-1970 yillar davomida kafedra xodimlari – B.D.Mixaylov, Q.G‘ofurov, L.Tursunov, V.Sayfutdinova, L.Salkova, N.Kavxoyans va boshqa aspirantlar Zarafshon vodiysining o‘rta va quyi oqimi hududlarini, jumladan Kattaqo‘rg‘on, Xatirchi, Zirobuloq, Karnab cho‘llari, Buxoro va Qorako‘l vohalari tuproqlarini mukammal o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib bordilar. Bu davr ichida yuzlab xo‘jaliklarning tuproq, tuproq-erozion, tuproq-meliorativ xaritalari (1:10000, 1:25000) tuzilib, amaliyotda qo‘llash uchun topshirildi. Shu paytdagi to‘plangan ma’lumotlar asosida K.G‘ofurov, L.Tursunov, N.Yakubov, A.Niyozov, A.Abdievlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. Shu davrning e’tiborga loyiq tadqiqotlaridan yana biri kafedra dotsentlari V.Valiev, L.Tursunovlar rahbarligida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani lalmi yerlarini o‘rganish bo‘yicha bajarilgan ilmiy ishlar hisoblanadi.

1980 yildan boshlab kafedra dotsenti X.Abdullaev rahbarligida Chotqol tog‘ tizmalarining tuproqlari Chotqol biosfera qo‘riqxonasi misolida, dotsent L.Tursunov rahbarligida Turkiston tog‘ tizmalarining tuproqlari Zomin “Xalq bog‘i” hamda Zomin qo‘riqxonasi misolida va nihoyat Xisor, Nurota tog‘lari tuproqlari serqirra dastur asosida tadqiq qilindi. Tadqiqotlar davrida tog‘ tuproqlarining hosil bo‘lish qonuniyatlari va barcha tog‘ tuproq tiplarining xossalari har tomonlama o‘rganildi, tuproq erozion xaritalar tuzildi, hamda A.Nazarov, M.Faxrutdinova va S.Yusupov hamda X.Qo‘ng‘irovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar.

Ma’lumki, tuproq hosil bo‘lishida, uning keyingi genezisi, evolyusiyasi va xossalarini o‘rganishda insonning dehqonchilik faoliyatining roli salmoqli hisoblanadi. Kafedra xodimlari o‘zlarining diqqat e’tiborlarini bu masalani o‘rganishga ham qaratdilar. Jumladan, kafedra dotsenti H.Abdullaev rahbarligida kafedra o‘qituvchisi T.Abdraxmonov sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarning xossa va xususiyatlarini har tomonlama o‘rgandi, ko‘p yillar davomida olingan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Jumladan, V.U.Sayfutdinova akademik S.N.Rijov rahbarligida lalmi tuproqlar misolida inson tomonidan foydalanilgan bu tuproqlarning tabiiy omillar ta’sirida o‘zining dastlabki holatini (evolyusiyasini) qancha muddatda tiklashi mumkinligini ko‘p yilar davomida tadqiq qildi va olingan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. D.Kamilova esa tuproq xossalarini turli agrofonlarda  o‘zgarishini uzoq yillar davomida tadqiq qildi va to‘plangan ma’lumotlar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.

1961 yildan 1967 yilgacha qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor N.P.Malinkin agrokimyo kafedrasiga  rahbarlik qildi. G‘o‘zani o‘g‘itlash tizimini yaratilishida N.P.Malinkinning xizmati beqiyos. Bu ikki yirik olim universitetda ish faoliyati davomida juda ko‘p ilmiy kadrlar tayyorlab, o‘z maktablariga asos soldilar.

1968 yildan to 1995 yilgacha bu kafedraga qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, O‘zFA ning haqiqiy a’zosi, Nyu-York fanlar akademiyasining Xalqaro informatika akademiyasining a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi, Xalqaro tuproqshunoslar jamiyati va Butun dunyo o‘g‘itlar markazi a’zosi Jo‘raqul Sattorovich Sattarov rahbarlik qilib keldi.

1995-1996 yillari kafedraga J.Sattarovning o‘quvchisi B.S.Musaev mudirlik qilgan. Musaev yosh bo‘lishiga qaramasdan kafedrada laboratoriya va dala tajribasi ishlarini yanada rivojlantirdi. Ko‘plab uslubiy qo‘llanmalar va “Agrokimyo” darsligini yozdi.

1996 yildan boshlab kafedrada mudirlik vazifasini qishloq xo‘jalik fanlari doktori, taniqli tuproqshunos olim, professor S.Abdullaev bajarib keldi. U ko‘proq melioratsiya sohasida ilmiy ishlar olib borib yaxshi natijalarni qo‘lga kiritdi. Ko‘plab darslik, o‘quv qo‘llanmalari va monografiyalari chop qilingan. 2018 yil 1 dekabrdan tuproqshunoslik va agrokimyo kafedralari birlashtirilib, Tuproqshunoslik deb nomlandi.

Tuproqshunoslik kafedrasida hozirda 1 nafar O‘zFA akademigi, 5 nafar fan doktorlari va 9 nafar fan nomzodlari va falsafa doktorlari (PhD) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘zbekiston Milliy universitetining tuproqshunoslik kafedrasiga shu kungacha quyidagi olimlar mudirlik qilgan:

  • 1935-1962 yillarda - prof.M.A.Orlov
  • 1962-1968 yillarda - akademik S.N.Rыjov.
  • 1968-1981 yillarda  - dos. X.A.Abdullaev.
  • 1981-1986 yillarda - dos.  V.U.Sayfuddinova.
  • 1986-2008 yillarda - prof. L.Tursunov
  • 2008-2011 yillarda -  dos.M.Faxrutdinova
  • 2011-2014 yillarda - dos.T.Abdraxmanov
  • 2014-2015 yillarda – dos.Z.Xaidmuxamedova
  • 2015-2015 yillarda – dos.  S.Sidiqov
  • 2020 yildan boshlab professor Z.Jabbarov rahbarlik qilib kelmoqda.

  Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasining professor- o‘qituvchilari o‘z darslarida AKT va innovatsion texnologiyalarni  samarali foydalangan holda, darslarini yuqori saviyada olib borishadi.

 Kafedra xodimlari tomonidan shu kungacha respublika fan va texnologiyalari markazining bir nechta  davlat granti asosida tadqiqot ishlarini olib borilmoqda. Kafedraning qariyb 90 yil davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlari o‘nlab monografiya va darsliklarda, yuzlab ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar va risolalarda o‘z aksini topdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti qoshida tashkil qilingan tuproqshunoslik bo‘limi mana 70 yildan ortiq davrda birgina O‘zbekiston uchun emas, balki Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, qolaversa Rossiya federatsiyasi, uzoq xorij mamlakatlari Xitoy, Vetnam, Koreya, Misr, Iroq, Kuba mamlakatlari uchun tuproqshunos mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlab kelgan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda to‘la ma’nodagi tuproqshunoslik fani va uni quyidagi yo‘nalishlari shakllangan. Bularga: geografiyasi, evolyusiyasi hamda xaritashunosligi, tuproqlar mikromorfologiyasi va mineralogiyasi, tuproq kimyosi, tuproqlar agrofizikasi va texnologiyasi, tuproqlar bonitirovkasi, tuproqlar melioratsiyasi, tuproq agrokimyosi, tuproq eroziyasi, tuproq biologiyasi va mikrobiologiyasi, tuproqlar ekologiyasi va boshqa shu kabi yo‘nalishlar kiradi. Hech mubolag‘asiz aytish mumkin, bu yo‘nalishlarni asoschilari va uni rivojlantiradigan yirik olimlar, fan doktorlari, professor, akademiklar aynan mana shu Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU tuproqshunoslik bo‘limining sobiq talabalari hisoblanadi.

Bo‘lim o‘zining qariyib 90 yilligi  faoliyati davomida bir nechta yuzlab tuproqshunos-agrokimyo mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorladi va bular hozirgi kunda respublikaning barcha viloyatlaridagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, xalq ho‘jaligining barcha sohalarida faol xizmat ko‘rsatib kelmoqdalar. Ular Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarining turli o‘lkalarida, hatto uzoq chet mamlakatlarda ham faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Vladimir va Irina Lukinlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya universitetida ilmiy xodim bo‘lib ishlamoqdalar. O.Kazak Nyu-York universitetida ilmiy xodim, prof. M.A.Mazirov Rossiya Agrar universiteti tuproqshunoslik kafedrasi mudiri lavozimida, professor S.M.Elyubaev, dotsentlar O.Tuyakov va U.B.Bekto‘raev Qozog‘iston respublikasining Pedagogika institutida kafedralarga rahbarlik qilmoqdalar. Bu bo‘limni bitirgan sobiq talabalar O‘zbekistonda 4 ta tuman hokimi, 2 ta Oliy majlis deputati va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bir qancha xo‘jalik rahbari lavozimida ishlab kelmoqdalar.

Tuproqshunoslik bo‘limi kadrlar tayyorlashdan tashqari o‘z davrida ilmiy-tadqiqot ishlarini yuqori darajada olib bormoqda. Juda ko‘p mamlakatlar bilan hamkorlikda ilmiy muammolarni o‘rganishgan. Ayniqsa MGU, Dokuchaev nomidagi tuproqshunoslik instituti, VIUA Timiryazev nomidagi qishloq xo‘jaligi akademiyasi, Suxumi subtropik o‘simliklar instituti, Ozarbayjon universiteti, Rossiyaning Sibir bo‘limidagi tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, Varshava universiteti (Polsha), Bonn universiteti (Germaniya), Aleksandriya universiteti (Misr) bilan bo‘lim jamoasi ilm-fan sohasida yaqin aloqada bo‘lib kelmoqda. Professor-o‘qituvchilar, aspirantlar va talabalar bir-birlarining oliy o‘quv yurtlariga tez-tez ilmiy safarga va o‘quv amaliyotini o‘tish uchun borib turganlar va hozirda ham bunday aloqalar yo‘qolmagan.

Tuproqshunoslik bo‘limi tashkil qilingan kundan shu kungacha o‘z oldida O‘zbekiston hududida tarqalgan tuproq tiplarining genezisi, geografiyasi, evolyusiyasi va xossalarini o‘rganish, ularni himoyalash asoslarini ishlab chiqishdek katta masalani hal qilishga qaratgan va bir necha yo‘nalishda o‘z ilmiy maktablarini yaratishga erishdi.

Akademik S.N.Rijov O‘zbekiston asosiy tuproqlarining agrofizik, ayniqsa, suv-fizik xossalarini chuqur o‘rgandi, tahlil qildi va bu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy maktab yaratdi.

Dotsent V.U.Sayfutdinova rahbarligida lalmi yerlarning unumdorligini o‘rganish sohasida keng qamrovli tadqiqot ishlari amalga oshirildi.

Prof. L.Tursunov rahbarligida O‘zbekiston asosiy tuproqlarining genezisi, evolyusiyasi, geografiyasi va ularning unumdorligini oshirish sohasida respublikaning barcha viloyatlari tuproqlari misolida mukammal o‘rganildi. Bu tadqiqotlar natijasida respublika tuproq-iqlim sharoitlarini e’tiborga olgan holda ularning genezisiga, evolyusiyasiga hamda unumdorlik qobiliyatiga baho berildi.

1970 yildan e’tiboran akad. S.N.Rijov rahbarligida kafedra dotsenti L.Tursunov Amudaryo quyi oqimi –Xorazm vohasi tuproqlarini o‘rganish bo‘yicha keng qamrovli tadqiqot ishlarini boshladi. Bu tadqiqot ishlariga 1980 -2011 yilgacha L.Tursunov rahbarlik qilib keldi. Mazkur tadqiqotlar natijasida birgina Xorazm vohasi tuproqlari genezisi, evolyusiyasi, morfologiyasi va boshqa xossalarigina emas, balki Amudaryoning quyi oqimi – Qoraqalpog‘istonning barcha sug‘oriladigan yerlari, tuproq qoplami ham tadqiq qilindi. Bu tadqiqot ma’lumotlari asosida L.Tursunov, S.Abdullaevlar doktorlik dissertatsiyalarini, A.Ablyazov, B.Fayzullaev, I.Ochilov, I.Siddiqov, K.Nora, Ali Asqar Fatxi, Naman Xasan Xammadi, Haqqulov F, Si Chun, Sh.Is’hoqovalar o‘zlarining nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. L.Tursunovning «Pochvennыe usloviya oroshaemыx zemel Zapadnoy chasti Uzbekistana» (1981), L.Tursunov, S.Abdullaevlarning «Pochvenno-fizicheskaya xarakteristika nizovev Amudari» (1987) monografiyalari aynan uzoq yillar mobaynida olingan ma’lumotlar asosida yozildi.

Professor L.Tursunov akad. S.N.Rijov g‘oyalarini davom ettirib, sug‘oriladigan yerlarning suv-fizik xossalarini mukammal o‘rganish asosida ularning suv o‘tkazuvchanligi bo‘yicha tasnif va gidromodul rayonlashtirish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishga muvaffaq bo‘ldi va tuproq fizikasi bo‘yicha ilmiy maktabini yarata oldik desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tog‘ o‘lkasi tuproqlarini o‘rganish sohasida kafedra dotsentlari M.Fahrutdinova,        D Komilova, T.To‘raev, Sh.Is’hoqovalar tadqiqot ishlarini olib bordilar.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan olimlarning ishlaridan quyidagi muhim natijalarga erishildi:

  1. Antropogen omil ta’sirida bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarda zich haydalma qatlamning hosil bo‘lish nazariyasi ishlab chiqildi va unga qarshi kurashishning amaliy choralari asoslab berildi.
  2. Lalmi va sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladigan asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari uchun uchun tuproq namligining optimal me’yordagi quyi chegarasi belgilandi.
  3. Sug‘oriladigan hududlar uchun qishloq xo‘jalik ekinlarini vegetatsiya davridagi suvga ehtiyojini aks ettiruvchi gidromodul rayonlashtirish amalga oshirildi.
  4. Sug‘oriladigan yerlarning fizik xossalarini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lgan tuproq himoyalovchi va resurs tejamkor texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratildi.

J.Sattarovning faoliyati fanda bir necha ilmiy muammolarni yechimi bilan bog‘liq. U tomonidan respublikamizda har xil tuzlar bilan sho‘rlangan yerlarni yuvish muddatlari ilmiy asoslangan. Bu tavsiyalar hozirgacha ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli qo‘llaniladi.

Sho‘r yerlarga o‘g‘it qo‘llash texnologiyasini yaratilishi ham J.Sattarov nomi bilan bog‘liq. Uning qishloq xo‘jalik fanlari rivojlanishiga qo‘shgan eng katta xizmati – bu fanda nav agrokimyosi fan yangi yo‘nalishining yaratilishidir. J.Sattarov tomonidan ishlab chiqilgan navlarni o‘g‘itlash tizimidan  samarali foydalanish, g‘o‘zani ichki talabiga qarab oziqlantirib, uning hosilini ko‘paytirish va hosil sifatini yaxshilash muammosini yechishga bag‘ishlangan ulkan hissasi hisoblanadi. Buning isboti tuproqshunoslik bo‘limida magistrlar uchun “Nav agrokimyosi” maxsus kursi o‘qitiladi.

Olimning shogirdlaridan dos. S.Sidiqov va o‘qituvchilar S.Maxammadiev, U.Qosimovlar ushbu maktabning vakillaridir. Bu fandagi yutuqlar hammasi O‘zbekiston Milliy universiteti Agrokimyo kafedrasining Botanika bog‘ida joylashgan eksperimental maydonda qo‘lga kiritilgan.

Tuproqlarning ifloslanish jarayonlarini o‘rganish borasida kafedrada salmoqli ilmiy – tadqiqot ishlari olib borilmoqda va bu yo‘nalishda ham o‘ziga xos ilmiy maktab yaratildi. Professorlar H.X.Tursunov, L.A.G‘ofurova, dotsent T.A.Abdraxmanov, Z.Jabborovlar tomonidan tuproqlarning kimyoviy, texnogen, kosmogen va antropogen omillar ta’sirida ifloslanishi, ularning turlari, manbalari, bartaraf qilish usullari keng tadqiq qilinmoqda. Ushbu yo‘nalish sohasida quyidagi natijalarga erishildi:

  1. O‘zbekiston asosiy tuprolqarining mineralogik tarkiblari, ularning tog‘ jinslari va to‘rtlamchi davr yotqiziqlarilarining petrografik tarkibi bilan bog‘liq holda tadqiq qilindi.
  2. Turli o‘lchamli yengil va og‘ir minerallarning hamda kichik o‘lchamdagi kristall yoki amorf holatdagi birlamchi va ikkilamchi minerallarning tarkibi, qayta kristallanish va hosil bo‘lish qonuniyatlari tahlil qilib berildi
  3. Tuproqlarning ifloslanish manbalari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plandi.
  4. Sanoat va maishiy chiqindilari, avtotransport vositalari, neft va neft mahsulotlari hamda qo‘llaniladigan mineral va organik o‘g‘itlar ta’sirida tuproqlarning ifloslanish darajasi aniqlandi.
  5. Tuproqlarning ifloslanish tezligi, darjasini aniqlashda hozirgi zamon GAT texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rsatib berildi.

Tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi Davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida so‘nggi yillarda bir nechta loyihalar ustida  ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilgan:

a) Amaliy dasturlar doirasida:

KA-7-011+KA-7-010+KA-7-001 raqamli “Tanazzulga uchragan yaylovlar, maxsuldorligini yaxshilovchi, samaradorligini oshiruvchi texnologiyalar va yaylovlarni boshqarishda institutsional asoslarni ishlab chiqish” (ilmiy rahbar: Nabieva G.M.);

b) KA-7-011+KA-7-010+KA-7-001 «Agrobiologicheskie metodы povыsheniya plodorodiya oroshaemыx pochv Buxarskogo rayona, opredelenie urovnya degradatsionnыx protsessov na osnovanii GIS texnologii» (ilmiy raxbar prof. Gafurova L.A.)

v) A-7-66. “Povыshenie plodorodiya degradirovannыx pochv utilizatsiey TBO metodom vermikultivirovaniya dikoy populyatsii mestnыx vidov dojdevыx kompostnыx chervey” (ilmiy rahbar Sh.M.Ahmedov.)

g) A-7-47 raqamli “Jizzax cho‘li tuproqlarini jadal rivojlangan dexqonchilik sharoitida o‘zgarishi va unumdorligini oshirish yo‘llari”. (ilmiy raxbar prof. Abdullaev S.)

d) A-7-45 "Sug‘oriladigan tuproqlarda tuproq eritmasi konsentratsiyasini, tarkibini, osmotik bosimini, muvozanatliligini o‘rganish asosida uni o‘simliklar oziqlanishi uchun muqobillash usulini ishlab chiqish"(ilmiy raxbar dos. S.Sidiqov.)


Amaliy dasturlar doirasida:

  1. KA-7-011+KA-7-010+KA-7-001 raqamli “Tanazzulga uchragan yaylovlar, maxsuldorligini yaxshilovchi, samaradorligini oshiruvchi texnologiyalar va yaylovlarni boshqarishda institutsional asoslarni ishlab chiqish” degradatsiyaga uchragan tuproqlarning asosiy oziq elementlari va o‘simliklar qoplami monitoring qilinib, yaylov o‘simliklari urug‘larini qobiqlash ishlari olib borildi. Navoiy viloyati Nurota tumani “Muxiddin bobo” f/x joriy qilish akti.
  2. KA-7-011+KA-7-010+KA-7-001. Agrobiologicheskie metodы povыsheniya plodorodiya oroshaemыx pochv Buxarskogo rayona, opredelenie urovnya degradatsionnыx protsessov na osnovanii GIS texnologii» (ilmiy raxbar prof. Gafurova L.A.) Degradatsiyaga uchragan tuproqlarni agrobiologik yo‘llar bilan unumdorligini oshirish.
  • A-7-47 raqamli “Jizzax cho‘li tuproqlarini jadal rivojlangan dexqonchilik sharoitida o‘zgarishi va unumdorligini oshirish yo‘llari”.
  • A-7-45 "Sug‘oriladigan tuproqlarda tuproq eritmasi konsentratsiyasini, tarkibini, osmotik bosimini, muvozanatliligini o‘rganish asosida uni o‘simliklar oziqlanishi uchun muqobillash usulini ishlab chiqish"

Chet el grantlari bo‘yicha quyidagi loyihalar doirasida ishlar amalga oshirilgan:

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU tuproqshunoslik va agrokimyo kafedrasi o‘zining butun ilmiy-pedagogik faoliyati davomida faqatgina keng qamrovli tadqiqot ishlarining tashkilotchisi bo‘lmasdan, balki tuproqshunoslikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlamoqda va respublika tuproqshunoslik fanining to‘la shakllanishiga asos solgan.

Kafedra o‘zining tarixiy an’analariga sodiq qolib, respublikamizda mavjud barcha qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlariga oliy va o‘rta maxsus ta’lim yurtlari uchun malakali pedagog, ilmiy tadqiqot davlat institutlari uchun yuqori malakali tuproqshunoslar, respublikamizda shakllangan yangi yer egalari – fermerlar uchun esa tuproqni yaxshi biladigan kadrlar tayyorlab beradigan ilmiy pedagogik markaz sifatida o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Toshkent shaxar Olmazor tumani Talabalar shaxarchasi, Universitet ko‘chasi 4 uy, 100174. Biologiya fakulteti binosi, 4-etaj, tel: +998909627824, e-mail: zafarjonjabbarov@gmail.com


  1. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
Majburiy fanlar
1 Mutaxassislikka kirish Mutaxassislikka kirish -tuproq va uning xossalarini kelib chiqishini o‘rgatib, tuproqning, biosfera va qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida tasavvurlarni kengaytirish orqali tuproqni sof  va unumdor saqlash haqida qiziqishlarini uyg‘otish, tuproq-o‘simlik-o‘g‘it o‘rtasidagi munosabat haqida nazariy va agrokimyogar olimlar haqida ma’lumotlar berish hamda, talabalarni mutaxasisilikka oid nazariy bilimlar va dunyoqarashini shakllantirish.
2 Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi Botanika, o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi-o‘simliklarning hujayraviy tuzilishi, to‘qimalarning tuzilishi vegetativ va generativ organlarning morfologiyasi, anatomik tuzilishi, tuban va yuksak o‘simliklarning tuzilishi, oila, turkum,turlari; ularning tabiatda tarqalishi va o‘simliklar dunyosining tabiatdagi ahamiyati to‘g‘risidagi fandir.
3 Tuproq biologiyasi va ekologiyasi Tuproq biologiyasi va ekologiyasi - tuproq muhitida yashovchi yoki hayoti ma’lum darajada tuproq bilan bog‘liq tirik organizmlarni o‘rganish, ekotizimda tuproq qoplamining tutgan o‘rni, inson faoliyatining ta’siri, biosferada ro‘y beradigan jarayonlarda tuproqning ahamiyatini o‘rganish, boshqarish, bashorat qilish, sanitariya holatini saqlash, ifloslanish muammolarini bartaraf etish, uning unumdorligini saqlab qolish va ulardan samarali foydalanishni tahlil qilish.
4 Umumiy dexqonchilik va o‘simlikshunoslik Umumiy dexqonchilik va o‘simlikshunoslik -dehqonchilik va o‘simlikshunoslikning rivojlanish tarixi, ilmiy asoslari, begona o‘tlar va ularga qarshi kurash, almashlab ekish, yerni ishlash, urug‘chilik va ekin ekish, dehqonchilik tizimlari va ekologik muammolari,  madaniy o‘simliklar va ularning kelib chiqishi, madaniy o‘simliklarning tasnifi, botanik va biologik xususiyatlari,  navlari, turlari, ekinlarni yetishtirish usullari va agrotexnikasi bo‘yicha zamonaviy bilim berishdan iborat.
5 Tuproqshunoslik Tuproqshunoslik  - tuproqshunoslikning ilmiy asoslari, tuproqshunoslikning rivojlanish tarixi, tuproq qoplamining paydo bo‘lishi, tuzilishi, tarkibi va xossalari, geografik tarqalish qonuniyatlari, tabiatdagi funksiyasi va ahamiyati, unumdorligi, dala,  laboratoriya va kuzatuv sharoitida tuproq qoplamining xosil bo‘lishi, fizik xossalarini o‘rgatishdan iborat.
6 Tuproq fizikasi Tuproq fizikasi  - tuproq tiplarining  fizikaviy xossalarini va tuproqlarning umumiy fizik, suv–fizik va fizik-mexanik xossalarini, tuproq suv va issiqlik rejimini xamda aeratsiyasiga bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolarini yechish bilimlarini o‘rgatishdan iborat.
7 O‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘it  O‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘it-                       o‘simlik-tuproq-o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabat, o‘g‘itlar va ularning turlari, olinish usullari, o‘simliklarning tarkibi, oziqlanishi, tuproqlarning o‘simliklar oziqlanishi va o‘g‘it qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xossalari, asosiy oziq elementlari va ularning o‘simliklar hayotidagi roli, o‘g‘itlar, o‘g‘itlarning tasnifini o‘rgatishdan iborat.  
8 Tuproqni tadqiq qilish usullari Tuproqni tadqiq qilish usullari - laboratoriya, vegetatsion, lizimetrik, dala va ishlab chiqarish tajribalari natijalarini matematik usullar bilan hisoblab chiqish, tajriba natijalari asosida tuproq va o‘simliklarning kimyoviy tarkibini  to‘g‘ri tahlil qila olish, ozuqa elementlarining yalpi va suvda eruvchan  shakllari va tuproqdagi gumus  miqdori to‘g‘risida axborotga ega bo‘lish, suvda oson eruvchi tuzlar miqdori va xarakterini laboratoriya sharoitida tahlil qila olish va ushbu  natijalar asosida xulosa qilishni o‘rganish,  tuproq unumdorligini oshirish uchun tadbirlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish.
9 Tuproq geografiyasi Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarda horij tajribasi asosida tuproqlarni geografik tarqalishi qonuniyatlari va ilmiy asoslarini o‘rgatish; O‘zbekiston va dunyo tuproq qoplami tavsifi; turli tuproq-iqlim mintaqalarining tuproqlari, O‘zbekiston va dunyo yer resurslari, ulardan unumli foydalanish, tuproqlarni muhofaza qilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.    
10 Tuproq kimyosi Fanni o‘qitishdan maqsad –xar xil tuproq tiplarining kimyoviy xossalari,  kimyoviy tarkibini, tuproq eritmasi, singdirish sig‘imi, turlari, oziq elementlar va ularning migratsiyasi, organik moddalar, tuproqlarning gumusli xolatini, tuproq kimyosining asosiy zamonaviy texnologiyalar yordamida   o‘rgatishdan iborat. Tuproq   kimyosining ilmiy nazariy asoslarini ta’lim yo‘nalishiga mos ravishda ularga bilim,  ko‘nikma va malakalarini berish.
11 Er kadastri va tuproq bonitirovkasi asoslari Fanni o‘qitishdan maqsad –tuproqni tabiiy xosil bo‘lishi, unumdorligi, tuproq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosiy vositasi, baxolashning nazariy va amaliy muammolari, shuningdek tuproqni  sifat baxolashda tuproqshunoslik fanining rivojlanishi va shakllanishida tutgan o‘rni bilan tanishtirishdan iborat. 
12 Tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi Fanni o‘qitishning maqsadi –talabalarga tuproq melioratsiyasi va gidrologiyasi, uning maqsad, vazifalari, tuproq unumdorligini oshirish hamda madaniy o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishi uchun salbiy ta’sir etuvchi xususiyatlarni yaxshilash; tuproqning suv, havo, oziqa rejimlarini muvofiqlash, eroziyaga qarshi kurashish, sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini ketkazish, botqoq, qumli, toshli yerlarni o‘zlashtirish to‘g‘risida hozirgi zamon ta’limotini berishdir.
13 Tuproq va atrof muhitning ifloslanishi Fanni o‘qitishdan maqsad – tuproqlarni turli xil sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi, tuproqning xossa xususiyatlariga ta’siri, vujudga kelgan muammolari va ularning yechimlari haqida zamonaviy bilim berish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
14 Tuproq va landshaftlar degradatsiyasi Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tuproqlarning degradatsiyasi turlari, ta’sir etuvchi omillar, landshaftni tiklash va asrab avaylash, degradatsiya xodisalarining oldini olish va kamaytirish yo‘llari, tuproq va yerlarni baholash, qishloq xo‘jalik yerlari va muxofaza qilishning huquqiy asoslari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
15 Tuproqshunoslikda GAT texnologiya Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga tuproqshunoslik sohasida geografik axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari va GATdan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdir.
Tanlov fanlari
16   Tuproqlarni agrokimyoviy xaritalash Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarga tuproqni xaritaga tushirishning ilmiy asoslari; rivojlanish tarixi; yer qobig‘ining ma’lum maydonini tekshirish, tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari asosida xarita tuzish, harakatchan oziq elementlar miqdori bo‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar tuzish to‘g‘risida hozirgi zamon ta’limotini berishdir.
17 Tuproqshunoslikda resurstejamkor texnologiyalar Fanni o‘qitishdan maqsad- “Tuproqshunoslikda resurstejamkor texnologiya” fani orqali talabalar Respublikamizda kechayotgan resurstejamkor texnologiyalarni tuproq unumdorligini oshirish bilan yaqindan tanishtirish kabi dolzarb masalalarga oid ta’limotni berishdir.
18 O‘zbekiston tuproqlarining agrokimyoviy tavsifi Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga O‘zbekistonda tarqalgan tuproq tiplari, ularning unumdorligi, xossa xususiyatlari, gumus va oziq elementlari bilan ta’minlanganligi hamda tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari haqida bilim berishdan iboratdir.
19 Agrokimyo va agrotuproqshunoslikda zamonaviy metod va uskunalar Agrokimyoviy taxlillarda zarur va kerakli uskunalar va zamonoviy metodlar haqida bilim beradi.
20 Agrokimyoning tarixi va metodologiyasi Agrokimyoning tarixi va uni o‘rganish metodologiyasi bo‘yicha zamonoviy bilimlarni berish uchun mo‘ljallangan.
21 Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi Fanni o‘qitishdan maqsad -“Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi” fani orqali talabalarga biotexnologiyaning moxiyati tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishtirish kabi dolzarb masalalarga oid ta’limotni berishdir.
22 Tuprokning organik qismi Bu fan tuproqning organik qismini holati, va ularni ko‘paytirish yo‘llari haqida zamonoviy bilimlar berish uchun mo‘ljallangan.
23 Agrokimyo va agrotuproqshunoslikda kompyuter texnologiyalari Hozirgi zamon talabi barcha sohalarni kompyuterlashtirish hisoblanadi. Ya’ni raqamlashtirish bu fan shu haqida bilim beradi.
24 Tuproqni xaritaga tushirish Fanni o‘qitishning maqsadi –talabalarga tuproqni xaritaga tushirishning ilmiy asoslari; rivojlanish tarixi; yer qobig‘ining ma’lum maydonini tekshirish, tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari asosida xarita tuzish, harakatchan oziq elementlar miqdori bo‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar tuzish to‘g‘risida hozirgi zamon ta’limotini berishdir.
25 Tog‘ tuproqlari Fanni o‘qitishdan  maqsad – talabalarga tog‘ tuproqlari nima, O‘zbekistonda tarqalgan tog‘ tuproqlari, ularning tarqalishi, morfologik tuzilishlari, xossa va xususiyatlari va uni muxofaza kilish bo‘yicha ta’lim berishdir.
26 Eroziya va tuproq muhofazasi Fanni o‘qitishdan  maqsad – talabalarga tuproq eroziyasi, eroziyashunoslikning ilmiy asoslari, fanning rivojlanish tarixi, tuproq eroziyasini kelib chiqishi, eroziya jarayonini tuproq morfologiyasiga ta’siri, tarkibi va xossalari, geografik tarqalish qonuniyatlari, eroziya jarayonlarining tuproq unumdorligiga ta’siri, eroziyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi bilimlarni tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
27 Tuproqlarning biologik faolligi Fanni o‘qitishdan maqsadi - talabalarga biologik faollikning zamonaviy usullarini, nazariy asoslari va tuproqlarning ekologik-biodiagnostik  xolatini o‘rganishda mikroorganizmlar, fermentlarning ahamiyati hamda ularni amaliyotda tadbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
28 Er tuzish va yerdan foydalanish asoslari Fanning xorij tajribasi asosida yangilangan  o‘quv dasturida “Er kadastri va tuproq bonitirovkasi asoslari” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan maqsad va vazifalar, bakalavrning fan bo‘yicha tajriba, ko‘nikmalar xamda tasavvurga ega bo‘lishi, qo‘yilgan talablarni bilishi va ulardan samarali foydalana olishi kabilar to‘g‘ri ko‘rsatilgan. O‘quv dasturida fan oldida turgan dolzarb muammolarni o‘rganish va ularni ijobiy yechimini izlab topishda zamonaviy uslub va texnologiyalarga keng o‘rin berilishi dikqatga sazovordir. Fan bo‘yicha o‘qitiladigan mavzular xorijiy adabiyotlar asosida to‘g‘ri tanlangan.
29 Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘g‘itlash Qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘g‘itlash usullari, texnikalari va qo‘llash muddatlari to‘g‘risidagi zamonaviy bilimlar beradi.
30 Tuproqshunoslikda matematik modellashtirish Tuproqshunoslik modellashtirish va olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va modelli tajribalar olib borish bo‘yicha zamonaviy bilimlar beradi.
31 Aqlli dexqonchilik tizimlari va tuproq xossalari Aqlli dehqonchilik yuritish va xossalari haqida bilim beradi.
Magistratura mutaxassiliklari
70530701  –  Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha)
32 Tuproqshunoslikda innovatsion texnologiyalar Tuproqshunoslikda innovatsion texnologiyalar, innovatsion jarayon, klassifikatsiyasi, innovatsion jarayon faktorlari va funksiyalari,  innovatsiyalarni sohaga oid ustuvor yo‘nalishlarini o‘rganadi.
33 Tuproqlar rekultivatsiyasi Tuproqlarning buzilishi, ifloslanishi, tuproqlarning xossalarini va rejimlarini o‘zgarishi, tegishli rekultivatsiya tadbirlari, ilmiy yechimlari, agrobiologik usullarini o‘rganadi.
34 Tuproqshunoslikning zamonaviy muammolari va konsepsiyalari Tuproqning xossa-xususiyatlari va ularning mintaqalar bo‘yicha tarqalishi, gorizontal hamda vertikal zonallik qonuniyatlari, tuproqlarning umumiy agrokimyoviy, agrofizikaviy va meliorativ xossalari va tartibotlari, tuproqlarning sho‘rlanishi va qayta sho‘rlanishi ifloslanishi oqibatida unumdorlik darajasining pasayishi, suv va shamol eroziyasiga uchrashi va unga qarshi kurash chora tadbirlari, iqtisodiy unumdorlikning tahlil qilishni o‘rganadi.
70530702  –  Eksperimental agrokimyo
35 Agrokimyoning zamonaviy muammolari va konsepsiyalari Agrokimyoning zamonaviy muammolari; tuproq unumdorligini va o‘simlikar hosildorligini oshirish usullari; agrokimyoda o‘g‘itlar qo‘llash tizimi, uni samarasini oshirishdagi dolzarb va muhim vazifalar bilan tanishtirish va ularni diqqat e’tiborini shularga qaratish hamda bu muammolarni yechish usullarini o‘rganadi.
36 Nav, tuproq va o‘g‘it Navlarning xususiyatlari, navlarning oziq elementlarga bo‘lgan talabi, o‘g‘it qo‘llash tizimini navlarga moslashtirish, ya’ni mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshirish  yo‘llaridan biri bo‘lgan navlarga qarab o‘g‘it qo‘llash o‘rganish usullarini o‘rganadi.
37 Noan’anaviy o‘g‘itlar tayyorlashning zamonaviy texnologiyasi Noan’anaviy o‘g‘itlar, ularni tayyorlash texnologiyasi, qo‘llash usul va muddatlari, ularni tuproq unumdorligini oshirish, hosil sifatini yaxshilashdagi ahamiyati haqida hamda ularni amaliyotda tadbiq etishni o‘rganadi.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni   Dissertatsiya ishi mavzusi
1   Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich biologiya fanlari doktori, professor Tuproqlarning kimyoviy ifloslanish va ularning rekultivatsiyasi
2 Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna biologiya fanlari nomzodi, dotsent Turkiston tog‘ tizmalari shimoliy qismi tuproqlari (Zomin "Xalq bog‘i" xududi tuproqlari misolida)
3 Djalilova Gulnora Tulkunovna biologiya fanlari doktori, dotsent O‘zbekiston o‘rta va past tog‘laridagi eroziya jarayonlarini geoaxborot tahlili (Chotqol va Turkiston tog‘lari tuproqlari misolida)
4 Maxkamova Dilafruz Yuldashevna biologiya fanlari falsafa doktori Jizzax cho‘li gipsli tuproqlari va ularning biologik faolligi
5 Mahammadiev Samad Qilichevich qishloq  xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Kuzgi bug‘doy don sifatini oshirishda nav va o‘g‘itning ahamiyati
6 Kenjaev Yunus Chintoshevich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent Siderat ekinlarini yetishtirish, ularning tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’siri (Samarqand viloyati misolida)
7 Abdushukurova Zamira Zaynitdinovna qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi “Sug‘oriladigan bo‘z-o‘tloqi tuproqlarning agrofizikaviy xossalari va tuz tartiboti” (Jizzax cho‘li shimoli-g‘arbiy qismi misolida)
8 Zakirova Salomat Qasimbaevna qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori Qashqadaryo quyi oqimi taqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlarning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi
9 Is’hoqova Shoira Mirsodiqovna qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent      «Veщestvennыy sostav osnovnыx pochv nizovev Amudari i vliyanie na nix protsessov orosheniya i opustыnivaniya»
10 Sidiqov Saidjon qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi, dotsent Sug‘oriladigan tuproqlar gumusi tarkibi va miqdorini agrotexnik fon hamda o‘simlik qoldiqlari xillariga bog‘liqligi
11 Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna biologiya fanlari falsafa doktori Shimoliy Turkiston tog‘ tizmasining pedofaunasi va eroziyaga uchragan tuproqlar biodiagnostikasining ahamiyati
12 Nabieva Gulchexra Mirergashevna biologiya fanlari  doktori, dotsent Degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlari va ular unumdorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish
13 Kasimov Umedillo Salimovich - Mineral  o‘g‘itlar samaradorligini oshirish usullari (Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda g‘o‘za misolida)
14 Begimova Dildora Karimboevna - Sanoatlashgan hudud tuproqlarining biokimyoviy xossalarini o‘zgarishi va ularni yaxshilash

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Tuproqshunoslik kafedrasi mahalliy va xorijiy hamkorlar bilan yuqori darajada faoliyatni yo‘lga qo‘ygan, jumladan respublikadagi Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti, “TUPROQSIFATTAHLIL” DUK, Farg‘ona davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Andijon davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Samarqand davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Agrar davlat universiteti, "IFODA AGRO KIMYO HIMOYA" MChJ QK, respublika agrokimyo stansiyasi, Botanika bog‘i va boshqa tashkilotlar bilan ilmiy, amaliy, innovatsion hamkorlik bo‘yicha ishlarni olib bormoqda. Xorijiy universitetlardan Chexiya agrar universiteti, Slovakiya agrar universiteti, Xoxenxaym universiteti, Moskva davlat universiteti, Vladimir universiteti, Vagininengen universiteti, Tokio qishloq xo‘jaligi universiteti, Varshava universiteti, Granada universiteti va boshqa universitetlari bilan hamkorlikda ishlar olib borishni yo‘lga qo‘ygan, jumladan, magistrlar va doktorantlarning ilmiy laboratoriya ishlari xorijiy universitetlarida amalga oshirilsa, professor - o‘qituvchilar xorijiy hamkorlar bilan ilmiy maqola, monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashr qilib kelishmoqda.


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifi Elektron pochta
1 Jabbarov Zafarjon Abdukarimovich zafarjonjabbarov@gmail.com, z.jabbarov@nuu.uz,
2 Sattorov Jo‘raqul joraqulsattorov62@gmail.com, j.sattorov@nuu.uz
3 Gafurova Lazizaxon Akramovna glazizakhon@yandex.ru
4 Zakirova Salomat Qasimbaevna s.zakirova@nuu.uz , salomatxz@mail.ru
5 Sidiqov Saidjon sidikov1957@mail.ru
6 Djalilova GulnoraTulkunovna g.jalilova@nuu.uz
7 Nabieva Gulchexra Mirergashevna g.nabieva@nuu.uz
8 Faxrutdinova Mashkura Fazliddinovna mashkura.fakhrutdinova@mail.ru, m.faxrutdinova@nuu.uz  
9 Isxakova Shoira Mirsadikovna sh.isxakova@nuu.uz , sh.iskhakova@gmail.com
10 Kenjaev  Yunus  Chintoshevich ykenjayev@bk.ru
11 Abdushukurova Zamira Zaynitdinovna z.abdushukurova@nuu.uz
12 Maxkamova Dilafruz Yuldashevna d.maxkamova1982@gmail.com
13 Ergasheva Olimaxon Xaliqjonovna o.ergasheva@nuu.uz
14 Mahammadiev Samad Qilichevich mahammadiev3@gmail.com , s.mahammadiyev@nuu.uz
15 Kasimov Umidello Salimovich qosimovumedillo@gmail.com
16 Begimova Dildora Karimboevna di.begimova@gmail.com
17 Raxmatov Zoir Umurzoqovich zoirrakhmatov@gmail.com
18 Abdraxmanov Toxtasin to.abdraxmonov@nuu.uz
19 Abduraxmanov Nodir Yulchievich nodirjon_1976@gmail.com
20 Atoeva Gulhayo Abduraxmanovna gulhayoatoyeva@gmail.com

6.Ilmiy laboratoriyalar (mavjud bo‘lsa) yo‘q.

7.To‘garaklar

O‘zMU Biologiya fakultetining Tuproqshunoslik kafedrasi qoshida tashkil etilgan «Yosh tuproqshunos» talabalar ilmiy to‘garagi tuproqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish va ularni ijodiy va ilmiy - tadqiqot faoliyatga jalb qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan. Shuningdek, ilmiy - ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha talabalarning bilim va ko‘nikmalari o‘zbek va chet tillarda seminar va taqdimotlar tarzida mustahkamlanadi hamda taniqli olimlarning ma’ruzalarini tashkil  qilish ham nazarda tutiladi.

«Yosh tuproqshunos» ilmiy to‘garagi faoliyati o‘quv yili davomida har oyda bir marta tashkil qilinadi. Undan tashqari, davlat bayramlari, atrof-muhitni muhofaza qilishga bag‘ishlangan maxsus sanalarda ham to‘garak faoliyati tashkil qilinishi mumkin. To‘garakda bakalavr talabalari, magistrlar, tayanch doktarantlar, mustaqil izlanuvchi va erkin tadqiqotchilar qatnashadilar.


Qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etishingiz mumkin

Kafedrada hamkorlar bilan “Agrosanoat majmui uchun zaxira kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori (172-son, 19.03.2020 y.) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  15.07.2021y. PQ-5185-sonli “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash doirasida Trening kursi tashkil etilgan. Trening kurs nomi         “Tuproq holatini zamonaviy tahlillar asosida aniqlash” Trening kursning mazmuni: Tuproqlarni kimyoviy tarkibi, xossalarini  diagnostikalash bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.

Trening kursining maqsadi: Tuproqlarning ayrim suv-fizik, kimyoviy va agrokimyoviy xossalarini aniqlashni o‘rgatishdan iborat.

Trening kursning vazifasi: Tuproq namunalari olish va analizga tayyorlash;  tuproqshunoslik va agrokimyo laboratoriyalarida ishlash havfsizlik qoidalari bilan tanishish; tuproq namligini aniqlash;  tuproq organikasini aniqlash; tuproqdagi makroelementlarning (NPK) umumiy va harakatchan miqdorini aniqlash; tuproqlarning ayrim suv-fizik va kimyoviy xossalarini aniqlash; sho‘rlanish darajasi va tipini aniqlash hisoblanadi.


Trening kursi tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

1.  Laboratoriyada ishlash havfsizlik qoidalari bilan tanishish.

2.  Tuproq tarkibidagi namlik miqdorini gravimetrik usulda aniqlash.

3.  Tuproqdagi gumus miqdorini Tyurin usulida aniqlash.

4.  Tuproqdagi N-NH4 azot miqdorini aniqlash.

5.  Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorini aniqlash.

6.  Tuproqdagi yalpi azot, fosfor va kaliy miqdorini aniqlash.

7.  Tuproqdagi karbonatlar CO2 miqdorini aniqlash.

8.  Tuproqning singdirish sig‘imini aniqlash.

9.  Tuproqning mexanik tarkibini Kachinskiy pipetka usulida aniqlash.

10. Suvli so‘rim analizi: quruq qoldiq, sulfatlar, xloridlar, Sa va Mg karbonatlar.

11. Tuproqning pH muhitini aniqlash.

12. Natijalarni rasmiylashtirish.