Turli geometriyaga ega bo‘lgan o‘zgravitatsiyalanuvchi sistemalar pulsatsiyasi fonida mayda masshtabli g‘alayonlar beqarorliklari fizikasi
Loyiha mavzusi: Turli geometriyaga ega bo‘lgan o‘zgravitatsiyalanuvchi sistemalar pulsatsiyasi fonida mayda masshtabli g‘alayonlar beqarorliklari fizikasi.
Ilmiy rahbari: Nuritdinov Salaxutdin Nasritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Bajarilish muddati: 05.012022-31.12.2026
Loyiha shifri: FZ-2020092851
Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati.
Birinchidan, yuqorida rejalashtirilgan astrofizikaniing ilmiy fundamental muammolari, pulsatsiyalanuvchi modellar uchun mos nostatsionar dispersion tenglamalarining yo‘qligi sabab, hali hech kim tomonidan umuman ko‘rib chiqilmagan. Ikkinchidan, mayda masshtabli g‘alayonlarning sonli hisoblash uchun ancha yuqori darajali, to‘lqin soni N va m ga bog‘liq bo‘lgan differensial tenglamalar sistemasini yechish talab etilmoqda. Kutilayotgan natijalar quyidagicha:
- astrofizika va gravitatsion plazma tarixida birinchi marta, mayda masshtabli g‘alayonlarning nostatsionar pulsatsiyalanuvchi materiyasi fonidagi holati, va shuningdek, sistemaning aylanish darajasi va virial nisbatning qiymatiga bog‘liq holi uchun fundamental natijalar olinadi;
- birinchi marta mayda masshtabdagi g‘alayonlar uchun egiluvchan vertikal va gorizontal g‘alayon modalari tadqiq qilinadi;
- markazga qarab konsentratsiya darajasini hisoblash orqali Eybel galaktikalarining boy to‘dalarining klassifikatsiyasi tuziladi;
- spiralsimon g‘alayonlarda azimutal to‘lqin soni m=2 ga teng bo‘lgan hol uchun, kollaps boshlangan vaqtdagi virial nisbat qiymatining sistemaning aylanish darajasiga bog‘liqligining kritik diagrammalari tuziladi;
- nisbatan barqaror bo‘lgan, anizotropik tezliklar diagrammasiga ega bo‘lgan disksimon sistemaning ikkita yangi nostatsionar modeli quriladi;
- to‘lqin sonining biror bir belgilangan qiymatida mayda masshtabli g‘alayonlarning beqarorligi muammolari sferik simmetrik modelda ham, disksimon modelda ham alohida ko‘rib chiqiladi va ularni taqqoslash natijalari olinadi;
- fazaviy zichlik funksiyasining yangi ko‘rinishi bilan, pulsatsiyalanuvchi sistemaning aylanishga ega bo‘lgan holi uchun, nostatsionar dispersion tenglamalari topiladi;
- bir qator mayda masshtabdagi tebranish modalari uchun, yangi nostatsionar model fonida kritik diagrammalar tuziladi;
- mayda masshtabdagi lopsaidal g‘alayonlarning beqarorlik inkrimenti m=1 bo‘lgan hol uchun hisoblanadi;
- Galaktikamizning qator yulduz to‘dalari hamda galaktikalar boy to‘dalarining zichliklari bo‘yicha Hubble va Gaia kabi Kosmik observatoriyalarda olingan ma’lumotlar asosida to‘planadi va markazga nisbatan konsentratsiyalari topiladi;
- topilgan markaziy konsentratsiya qiymatlaridan foydalanib, ularning yangi klassifikatsiyalari tahlil qilib chiqiladi;
- tadqiqot natijalari asosida mayda masshtabli strukturalarning katalogi tuziladi;
- olingan tadqiqot natijalarini taqqoslash maqsadida, mos bo‘lgan konkret mayda masshtabli tuzilmalar shakllanishlarining kuzatuv xususiyatlari anqlanadi.
Olingan fundamental natijalar boshqa pulsatsiyalanuvchi ob’ektlarga va nochiziqlik muhim rol o‘ynaydigan nochiziqli nostatsionar dinamik sistemalarga qo‘llanilishi mumkin.
Hisobot davrida (1- va 2- kvartallarda) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar:
- tahlillar natijasida 26 ta Sharsimon yulduz to‘dalari uchun konsentratsiya darajasi ikki xil minimizatsiya usullaridan foydalanib aniqlandi;
- minimizatsiya usullari orqali to‘da markaziga nisbatan yulduzlar konsentratsiyasini xarakterlovchi erkin parametr hisoblab topildi;
- mayda masshtabli sektorial g‘alayonlanish modalarining 6 ta holi uchun beqarorliklari hisob – kitob qilindi, aylanish parametri bilan verial munosabat orasidagi kritik bog‘lanishlar olindi;
- mayda masshtabdagi tebranish modalari beqarorligi o‘rganildi. Anizotrop tezlik diagrammasiga ega bo‘lgan o‘zgravitatsiyalanuvchi disksimon sistemaning yangi ikkita modeli tuzildi;
- sharsimon to‘dalarning to‘da markaziga nisbatan konsentratsiyalari 106 ta sharsimon to‘da uchun aniqlandi va ushbu parametr bilan ularning boshqa fizik parametrlari orasidagi korrelyatsiya koeffitsientlari hisoblab topildi.
Patent
Loyiha doirasida chop etilgan WoS va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar
- S. Nuritdinov, A. Rastorguev and I. Tadjibaev, Determination of the degree of star concentration in globular clusters based on space observation data // Open Astronomy, 2022. Vol. 31, pp.1-4.
- S. Turaev and S. Nuritdinov, Can local inhomogeneity of the Universe explain the accelerating expansion? // Open Astronomy, 2022. Vol. 31, pp.15-19.
- J. Ganiev and S. Nuritdinov, Small-scale sectorial perturbation modes against the background of a pulsating model of disk-like self-gravitating systems // Open Astronomy, 2022. Vol. №31, pp.92-98.
- K. T. Mirtadjieva, S. N. Nuritdinov, K. A. Mannapova, and T. O. Sadibekova, Instabilities of a nonstationary model of a self-gravitating disk. V. new annular perturbation modes // Astrophysics, 2022. Vol. 65, No. 2, pp. 271-288.