Umumiy fizika kafedrasi

Begmatova Dilfuza - Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
+998 90 959-17-93
e-mail: dilfuza.fizic@mail.ru
Kafedra tarixi va asosiy faoliyati. 1969 yili tashkil etilgan Fakultetlararo umumiy fizika, 1976 yilda tashkil etilgan Fizikani o`qitish uslubi va tarixi va 1955 yili faoliyatini boshlagan Atmosfera fizikasi kafedralari 2005 yili birlashtirilib, Umumiy fizika, fizikani o`qitish uslubi va atmosfera fizikasi kafedrasi nomini oldi va 2011 yildan Umumiy fizika kafedrasi deb yuritilmoqda. Universitet tashkil etilgan kundan boshlab Fizika kafedrasi o`z faoliyatini boshlagan. Kafedra ishini rivojlantirishga taniqli olimlar N.N.Zlatovratskiy, A.E.Levashev, N.V.Krimenevskiy, L.N.Dobretsov katta hissa qo`shganlar.
1936 yili Fizika kafedrasi qoshida Eksperimental fizika kafedrasi tashkil etildi. 1936-1965 yillar orasida Eksperimental fizika kafedrasiga atoqli olimlar S.V.Starodubtsev, J.N.Shuppe, S.U.Umarov, I.I.Islomov va I. Andreev rahbarlik qildi. Dots. R.K.Karimov 1965-1969 yillar davomida Eksperimental fizika kafedrasining faoliyatini boshqardi. U kafedra qoshidagi o`quv laboratoriya jihozlarini yangilash, ilmiy ishlarni takomillashtirishda va yangi laboratoriya ishlarini qo`yishda katta tashabbus ko`rsatdi.
1969 yili Eksperimental fizika kafedrasi ikkiga bo`lindi: fizika fakulteti talabalari uchun Eksperimental fizika va tabiiy fakultet talabalari uchun Fakultetlararo umumiy fizika kafedrasi.
1969-1989 yillar davomida Eksperimental fizika kafedrasini dots. U.V.Azizov, 1989-1995 yillarda esa prof. I.Bo`riboev boshqardi. Fizikani o`qitish uslubi va tarixi kafedrasini 1976 - 2004 yillarda prof. E.N.Nazirov boshqardi.
1969-1991 yillar davomida Fakultetlararo umumiy fizika kafedrasini qattiq jismlar fizikasi va kimyosi sohasidagi atoqli olim prof. M.A.Ma`rupov boshqardi. Prof. M.A.Ma`rupovning universitetlarda va umuman ilmiy maktabda fizika fanini o`qitishni takomillashtirish borasidagi xizmatlari alohida diqqatga sazovor. 1991 yildan 2012 yilgacha kafedraga professor U. Abdurahmanov mudir bo`lgan. 2012 yilda kafedraga professor A.V.Umarov mudirlik kilgan. 2013 yildan boshlab dotsent D.A.Begmatova ushbu kafedrani boshqarib kelmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari kimyo, matematika, biologiya, geologiya va tuprokshunoslik, falsafa fakultetlari talabalariga umumiy fizika fani bo‘yicha ta’limni amalga oshiradilar. Professor-o‘kituvchilar ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir katorda fizika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga, ilmiy metodik ishlarni rivojlantirishga, yangi laboratoriya ishlarini yaratishga va ularni o‘quv jarayonida qo‘llashga, dars jarayonida texnik vositalardan foydalanishga katta e’tibor berib kelmoqda.
Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha olingan natijalar biologiya, kimyo, geologiya fakulteti talabalariga hamda materialshunoslik mutaxassisligidagi magistrantlarga ma’ruza va amaliy darslarda tadbiq qilib kelinmoqda. 2003-2005 yillarda mo‘ljallangan "Yong‘indan habar beruvchi issiqlik sezgir bildiruvchi va uni qabul qiluvchi qurilmalarning tajriba namunalarini tayyorlash" mavzusi bo‘yicha olingan grantning natijalari 2009 yili xalq xo‘jaligining ma’lum tarmoqlariga tadbiq qilingan.
Kafedra jamoasi oliy o‘quv yurtlarida fizika o‘qitish samaradorligini oshirish muammolari yuzasidan ilmiy-uslubiy tadqiqot ishlari olib bormoqda. Jumladan, «Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida fizikani nazariy va eksperimental o‘qitishni takomillashtirish»;
Kafedra professor-o‘qituvchilari fizika fakulteti va magistratura yo‘nalishlarida talabalarga umumiy kurs va maxsus kurslardan ta’limni amalga oshiradi. Bo‘lim o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari bilan bir qatorda fizika fanini o‘qitish uslubini takomillashtirishga, ilmiy metodik ishlarni rivojlantirishga, yangi laboratoriya ishlarini yaratishga va ularni o‘quv jarayonida qo‘llashga, dars jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan hamda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor berib kelishmoqda.
Shu bilan birga Toshkent shahridagi Oliy o‘quv yurtlari talabalariga akademik litsey, kasb-hunar kollejlariga hamda Oliy pedagogika instituti tinglovchilariga ko‘rgazmali vositalar va fizikadan namoyish tajribalarini ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi vaqtda 500 ma’ruza tajribasi majmui, 100 dan ortiq multimediali elektron qo‘llanma, 150 dan ortiq o‘quv filmi, 300 ga yaqin o‘quv plakatlari, 200 dan ortiq slaydlar mavjud. Umumiy fizika kursi 3 ta ma’ruza xonalarida, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan foydalanilgan holda o‘qitiladi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
№ | Fan nomi | Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1. | Mexanika | “Mexanika” fanining maqsadi jismlar va jismlar sistemasining harakatini o‘zaro ta’siri va xususiyatlarining asosiy qonun va qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Uning vazifasi tabiatda bo‘ladigan mexanikaviy hodisalardan boshlab texnika sistemalarda bo‘ladigan murakkab harakatlarni va holat o‘zgarishlari o‘rganishdan, asosiy fizik qonunlarning mazmuni, ma’nosi va ularni qo‘llanishini o‘rganishdn iboratdir. |
2. | Molekulyar fizika | Fanni o‘qitishning maqsadi - talabalar ko‘z o‘ngida fizik hodisalarni ilmiy bilish usullarini termodinamika va molekulyar fizika asosida o‘rganish chegarasida ochib berish. Fanni o‘qitishdan maqsad, insoniyat uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan tabiatning ob’ektiv qonunlarini ochish va tekshirishlar natijalarini amaliyot va texnikada ko‘llashdir. Fizikaning asosiy qonun va hodisalarini bilmay turib amaliy va maxsus kurslarni o‘rganishga kirishib bo‘lmaydi. Umumiy fizikaning bir bo‘limi sifatida «Molekulyar fizika» fanini o‘qitishdan asosiy maqsad, bo‘lajak mutaxassislar - fizik kadrlarda kuzatishlar, amaliy tekshirish va tajribalarni umumlashtirish asosida fizikaviy nazariya to‘g‘risida dastlabki tushunchalar hosil qilish, ularda o‘zlarining tanlagan mutaxassislik sohalari bo‘yicha muvaffaqqiyatli bilim olishlarini ta’minlash uchun poydevor yaratishdan iboratdir. |
3. | Fizpraktikum | Fanni o‘qitishdan maqsad – mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm fanlaridan olgan bilimlarini mustahkamlash, mustaqil holda tajribalar o‘tkazish va olingan natijalar asosida xulosalar chiqarish ko‘nikma va malakalarni berishdan iborat. |
4. | Elektr va magnetizm | “Elektr va magnetizm”, mavzularini chuqur o‘rganish, elektr va magnetizm hodisalari bilan bog‘liq bo‘lgan fundamental va amaliy masalalarni yechishda, murakkab elektr jihoz asboblarni yaratishda va keng qo‘llanilishida muhim ahamiyat kasb etadi. |
5. | Fizika o‘qitish metodikasi | Fanni o‘qitishning maqsadi - ta’lim bosqichlarida fizika o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiya berish hamda o‘quvchilarni fizikadan bilimlarini rivojlantirib borish metodlarini o‘rgatish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun fanni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash ya’ni pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ko‘rgazmali vositalardan foydalana olish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. |
6. | Fizika va matematika fanlarini o‘qitish metodikasi | Fanni o‘qitishning maqsadi - ta’lim bosqichlarida fizika va matematikani o‘qitish jarayonida ta’lim-tarbiya berish hamda o‘quvchilarni fizik-matematik bilimlarini rivojlantirib borish metodlarini o‘rgatish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun fanni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash ya’ni pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ko‘rgazmali vositalardan foydalana olish malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir. |
7. | Fizikaviy elektronika | “Fizikaviy elektronika asoslari” fan asosidagi qator yo‘nalishlarni: vakuum fizikasi va texnikasi, gaz chaqnashi elektronikasi, qattiq jism elektron nazariyasi, elektron emissiya va ularning turlarini qamrab olgan bo‘lib, mavzular uslubiy ketma-ketlikda bayon qilinadi. Laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida talabalar nazariy bilimlarini har tomonlama chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. |
8. | Umumiy fizika | Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarni umumiy fizika kursi bo‘yicha zaruriy kompleks ma’lumotlar ya’ni, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektr va elektromagnetizm, optika, atom va yadro fizikasiga oid qonuniyatlarni o‘rganish va kasbiy xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni zamonaviy texnikada va hayotda qo‘llash hamda ularni tabiatdagi fizik jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi va hayotga ta’sirini o‘rganishdan iborat. Bu fan boshqa tabiiy fanlarning nazariy asosi bilan uzviy bog‘lik bo‘lib, o‘z rivojida aniq yo‘nalishdagi tabiiy fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat kiladi. |
Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
№ | Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh | Ilmiy darajasi, unvoni | Dissertatsiya ishi mavzusi |
1 | Begmatova Dilfuza Abdullajanovna | p.f.n. | Oliy ta’limda fizika mavzularni tizimli tahlil asosida optimallashtirib o‘qitishning metodik asoslari |
2 | Abduraxmanov Umarbek | f.-m.f.d. | Xar xil aralashmali moddalarning elektrofizik xususiyatlari |
3 | Qurbanov Mirzaaxmad | p.f.d | Uzluksiz ta’limda fizik eksperimentlarning didaktik funksiyalari samaradorligini oshirish |
4 | Tursunmetov Komiljon Axmetovich | f.-m.f.d. | Metallarning erish entropiyasi qonuniyatini o‘rganish |
5 | Zoxidova Mavluda Abdukarimovna | f.-m.f.n. | Indutsirovannыe lazernыm izlucheniem protsessы perenosa i preobrazovaniya energii v molekulyarnыx sistemax. |
6 | Sodiqova Shoxida Mirzoaxmadovna | p.f.f.d. | Akademik litseylarning fizika sohasiga tegishli maxsus kurslarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy qilish |
7 | Rahmonov G‘aniboy Todjivich | f.-m.f.n. | Metall sirtlarda ishqorli galoidli tuz molekulalarining otsorbsiya va bo‘linish gidrogen reaksiyalari kinetikasini tadqiq qilish 01.04.04-Fizikaviy elektronika shu jumladan kvant elektronikasi |
8 | Norqulov Nemat | f.-m.f.n. | Kremniyga turli kirishmalarni turli usllar yordamida ligerlash tufayli parametrlari termo barqaror bo‘lgan nanoelektronika materiallarini olish |
9 | Kamilov Sherzod Xashimovich | f.-m.f.n. | Turli kiritma moddalar bilan to‘ldirilgan polimerlar asosidagi kompozit materiallarning elektrofizik xususiyatlarini o‘rganish. |
10 | Abdullaev Raxmatulla Mirolimovich | f.-m.f.n. | “Ir, Re Pd da yupka uglerod qatlamining o‘sishi va uni metallarning adsorbsion, katalitik va emission xossalariga tasiri” |
11 | Alimov Ravshan Abdurasolovich | f.-m.f.n. | Atomlar va qattiq jism yuzasi bilan ionlarning to‘qnashuvidagi noelastik hodisalar |
12 | Turg‘unboev Farxod Yusupbaevich | PhD | Tuproqning elektrofizik xossalarini o‘rganish |
13 | Rahimova Yayra Mahmudovna | PhD | Tarkibida nikel nanozarrachalari bo‘lgan kompozitsion keramik materiallarning elektr xususiyatlari |
14 | Yunusov Anvar Xolmatovich | f.-m.f.n. | Poliakronitril asosidagi antrasen bilan legirlangan polimer yarimo‘tkazgichlarni hosil qilish va o‘rganish. |
15 | Nurmatov Nebodir | f.-m.f.n. | "Metall qotishmalar elektron strukturalarining shakllanish mexanizmlari". |
16 | Abdullaev Nuraddin Quranboevich | - | Fizika ta’limida tizimli tahlilni amalga oshirishning metodik – didaktik asoslari |
17 | Saidqulov Doston Rustamovich | - | “Tarkibida metall nanozarrachalari bo‘lgan geterogen materiallarning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan elektr maydonlardagi elektr xususiyatlari” |
18 | Xolboev Yunusali Xasanovich | "Fizikaning "Elektr va magnetizm" bo‘limi mazmuni va o‘qitish metodikasini takomillashtirish" |
Mahalliy va xorijiy hamkorlar. Kafedra quyidagi oliy o‘quv yurtlari va ilmiy - tadqiqot institutlari bilan ilmiy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish aloqalari o‘rnatgan: Sankt-Peterburg Pedagogika universiteti (Rossiya); Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti; Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari Ilmiy tadqiqot instituti; Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, hamda MDH davlatlari, jumladan, Moskva Davlat universiteti, Moskva pedagogika universiteti, Chelyabinsk va Kurgan pedagogika institutlari.
Kafedra tarkibi
№ | Familiya ismi sharifi | Elektron pochta |
1 | Begmatova Dilfuza Abdullajanovna | dilfuza.fizic@mail.ru |
2 | Abduraxmanov Umarbek | abdurakhmanovu@ Yahoo.com |
3 | Qurbanov Mirzaaxmad | kurbanov1949@bk.com.ru |
4 | Tursunmetov Komiljon Axmetovich | k.tursunmetov@nuu.uz |
5 | Zoxidova Mavluda Abdukarimovna | mzakhidova @ Yahoo.com |
6 | Sodiqova Shoxida Mirzoaxmadovna | sohidasodikova2@gmail.com |
7 | Rahmonov G‘aniboy Todjivich | rakhmanov.gt@mail.ru |
8 | Norqulov Nemat | n.norkulov@nuu.uz |
9 | Kamilov Sherzod Xashimovich | sherkamilov19@gmail.com |
10 | Abdullaev Raxmatulla Mirolimovich | r.abdullaev@nuu.uz |
11 | Alimov Ravshan Abdurasolovich | sherkamilov19@gmail.com |
12 | Turg‘unboev Farxod Yusupbaevich | f.turgunboev@nuu.uz |
13 | Rahimova Yayra Mahmudovna | yayra@yandex.ru |
14 | Yunusov Anvar Xolmatovich | Anvar_1922@ mail.ru |
15 | Nurmatov Nebodir | nn_nurmatov@mail.ru |
16 | Abdullaev Nuraddin Quranboevich | sultonovodiljon1989@gmail.com |
17 | Saidqulov Doston Rustamovich | dostonsaidkulov@gmail.com |
18 | Xolboev Yunusali Xasanovich | xolboyevyunusalixasanovich@gmail.com |
To‘garak. Kafedrada «Fizik ixtirochilar» to‘garagi mavjud.