Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Universitet huzuridagi litsey va texnikumda tahsil oluvchi o‘quvchilarga rektor stipendiyasi joriy etildi

Universitet huzuridagi S.X.Sirojiddinov nomidagi respublika akademik litseyi va Bo‘ston axborot kommunikatsiyalar texnikumi o‘quvchilariga 2024/2025-o‘quv yili birinchi semestr uchun rektor stipendiyasini joriy etish maqsadida ishchi komissiyaning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Stipendiya komissiyasi raisi N.Norqulov, Stipendiya komissiyasi a’zolari G.Bekimatova, R.Rustamova, M.Xasanov, G.Yo‘ldasheva, Stipendiya komissiyasi kotibi G.Qurbonovalar besh nafar talabgordan kelgan hujjatlarni ko‘rib chiqishdi.