Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

Kengash majlisi avvalida 2023/2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovi g‘olibi bo‘lgan talabalar hamda ularning ilmiy rahbarlari taqdirlandi.

Shundan so‘ng, bir necha masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Ta’lim jarayonida tartib-intizomni yanada mustahkamlash va o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar davomatini ta’minlash, universitetning ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarini ilmiy va innovasion yo‘nalishlardagi natijalari uchun ustamalar belgilash, universitet faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amaliy loyihalarni tashkil etish hamda mablag‘lar ajratish tartibi to‘g‘risida fikr almashildi.

Shuningdek, Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetida nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida o‘quv jarayonining tashkil etilish holati, Amaliy etnologiya laboratoriyasining 2023 yil amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi.