Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Uvrayimov Sunnatilla Tilaboy oʻgʻlining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʼlon

Uvrayimov Sunnatilla Tilaboy oʻgʻlining 11.00.06 – Geodeziya. Kartografiya ixtisosligi bo‘yicha “GAT-texnologiyalari asosida islom sivilizatsiyasi madaniy meros obyektlarini xaritaga olish va veb-portalini ishlab chiqish” mavzuidagi geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli ilmiy kengashning 2025-yil 6-mart kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.


Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zbekiston Milliy universiteti Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti 405-xona.
Tel.: (0-371) 227-12-24;
e-mail: nauka@nuu.uz, rector@nuu.uz